Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:09

Turkiya diniy idorasi isyonchilarga janoza o‘qimaslikka buyurdi


Turkiyadagi janoza marosimining illyustrativ surati.
Turkiyadagi janoza marosimining illyustrativ surati.

Turkiya Bosh vazirligi idorasining Diyonat ishlari bo‘yicha boshqarmasi 19 iyulda 16 iyulga o‘tar kechasi yuz began harbiy to‘ntarish urinishida qatnashganlarga janoza o‘qilmasligini e’lon qildi.

Turkiya Bosh vazirligi idorasining Diyonat ishlari bo‘yicha boshqarmasi bu rasmiy baënoti bilan “Turkiya legitim hukumatiga qarshi bosh ko‘tarib¸ millat va davlat kelajagini xavf ostiga qo‘ygan¸ Turkiya parlamenti va boshqa hukumat binolariga bomba tashlab¸ xalqqa qarshi qurol ishlatganlar va to‘qnashuvlarda nobud bo‘lgan isënchi askarlar”ga boshqarma tomonidan ko‘rsatilgan diniy xizmatlar doirasida janoza namozi o‘qishni taqiqladi.

Boshqarmaning matbuot uchun ochiqlama nomi bilan e’lon qilingan bu fatvosi¸ aytilishicha¸ idoraga juma kungi isëndan so‘ng kelgan minglab murojaatga javob o‘laroq qabul qilingan.

“Janoza namozi har bir o‘lgan musulmon uchun qardoshlari tomonidan amalga oshiriladigan duodir. Bu marosimda mo‘minlar o‘lgan qardoshlari uchun duo qiladilar¸ uning joyi jannatda bo‘lmog‘ini so‘raydilar¸ haqlarini halol qiladilar.Isyonda qatnashganlar qo‘l urgan amallari bilan nafaqat ayrim qardoshlari¸ balki butun bir millat haqqini oyoq-osti qildilar va bu qilmishlari bilan mo‘min qardoshlari duosiga noloyiq ish tutdilar. Shu bois bularga Boshqarmamiz xodimlari tomonidan janoza namozio‘qilmaydi”¸ deyiladi jumladan Turkiya Bosh vazirligi idorasi qoshidagi Diyonat ishlari boshqarmasi baënotida.

Ayni paytda Turkiya diniy idorasi¸ bu fatvoning fitnadan mutlaq xabarsiz holda qurolli to‘qnashuvlar maydonida qolib¸ hayotdan ko‘z yumgan oddiy turklar¸ hukumat xavfsizlik kuchlari va politsiya xizmatchilariga taalluqli emasligini alohida ta’kidladi.

Mustafo Kamol Otaturk asos solgan Turkiya jumhuriyatining dunyoviy ustunlarini yemirayotganlik va demokratik davlat tuzumini sekin-asta demontaj qilayotganlikda ayblanayotgan Rajab Toyyip Erdo‘g‘onga qarshi 15 iyul kechqurun amalga oshirilgan qurolli isën muvaffaqiyatsiz tugadi.

Bu isyonda qatnashganlik “jazosi og‘ir bo‘lajagi”ni bildirgan Erdo‘g‘on¸ isyon bostirilishi bilan o‘z boshqaruvidan norozi minglab odamni qamoqqa olishni boshladi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra¸ 15 iyul kungi isyonga aloqadorlik aybi bilan 19 iyulga qadar 11 mingga yaqin odam hibsga olingan.

Muxolifat va mustaqil kuzatuvchilar¸ Erdo‘g‘on hukumati isyonchilarni jazolash bahonasida mamlakatdagi o‘z muxoliflari va mustaqil matbuotni yo‘q qilishni yangi bosqichga ko‘targanlikda ayblamoqda.

Isyon munosabati bilan¸ YeIga a’zolik uchun yillardan beri muzokara olib borayotgan Erdo‘g‘on¸ hatto 15 iyul kuni amalga oshmay qolgan to‘ntarish urinishi ortidan o‘lim jazosini tiklash masalasini ko‘rib chiqilishini bildirdi. 17 iyul kungi chiqishida Erdo‘g‘on hukumat bu masalani parlamentdagi muxolifat partiyalari bilan muhokama qilishini ma’lum qildi.

Turkiyada o‘lim jazosi 1984 yildan buyon qo‘llanilmaydi. Jazoning bu turi Turkiyada mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirish urinishlari doirasida 2004 yili bekor qilingan edi.

Isyonchilar uchun o‘lim jazosining qayta tiklanishi¸ Erdo‘g‘on Turkiyasining YeI bilan shundoq ham taranglashgan munosabatlarini yanada keskinlashtirishi taxmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG