Линклар

Toshkentlik 25 yashar Malika Karimova Bakuda bo‘ladigan "Miss Union" go‘zallik tanlovida qatnashadigan bo‘ldi. 10 avgust kuni boshlanadigan tanlovda sobiq sovet o‘lkalaridan borgan go‘zallar ishtirok etadi. Bunga qadar Osiyo va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi bir necha xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etgan Malika hali biror tanlovda bikini kiymagani, asl mashg‘uloti biznes ekanini so‘zlab berdi.

10 avgust kuni Ozarboyjonda boshlanadigan go‘zallik tanlovidan tushadigan mablag‘ saraton kasaliga chalinganlarga xayriya qilinadi.

Shuning uchun, bu tadbirga alohida qiziqish bildirganini aytgan Malika Karimova so‘nggi yillar davomida qator go‘zallik tanlovlari - Hindistonda o‘tgan "Miss Asia", Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan Queen of USSR go‘zallik tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Aslida Dubaydagi yirik sayyohlik shirkatlaridan birining bosh menejeri bo‘lib ishlayotgan 25 yashar Malika hayotidagi birinchi darajali ishi biznesi ekanini aytmoqda:

- O‘qishda o‘qiyotgan paytimda Dubaydagi sayyohlik shirkatlariga Internet orqali tarjima holimni jo‘natib, ish qidirganman. Bir necha shirkatdan suhbatga taklif kelganidan keyin, Arab Amirliklariga bordim va bir oy suhbatlarga qatnadim. Keyin biri sayyohlik shirkatidan ish taklifi oldim. Shu shirkatga 3 yil ichida bosh menejer bo‘ldim. Go‘zallik tanlovlarida qatnashish, modellik qilish, kliplar yoki filmlarda suratga tushish - aslida men uchun xobbi, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Malika.

Shuningdek, suhbat jarayonida u go‘zallik tanlovilarida ishtirok etish shartlari, ba’zi nozik nyuanslari, shuningdek, go‘zallik tanlovlarida ishtirok etayotgan qizlarga Malika tug‘ilib-o‘sgan ana’anaviy o‘zbek jamiyatidagi munosabat haqida so‘zlab berdi.

Quyida Malika bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG