Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:05

Rostovda "Sberbank"ni portlatmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi


Rossiyaning Rostov-Don shahrida “Sberbank” bo‘limini portlatish bilan tahdid etgan o‘zbekistonlik hibsga olindi. Hodisa joyiga yetib kelgan mahalliy politsiya xodimlari qo‘lga olingan muhojir kiyimidan ikkita bo‘sh plastik shisha topdi.

Hodisa Rostov-Don shahrining Sovetskaya tumanidagi Zorge ko‘chasida joylashgan bank bo‘limida sodir bo‘ldi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, kuppa-kunduzi “Sberbank”ka bostirib kirgan shaxs idorani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.

Moliya idorasi xodimlaridan biri operativ xodimlarni yordamga chaqirdi. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari qisqa fursat ichida to‘polonchini qo‘lga oldi.

Politsiyachilar bankni portlatmoqchi bo‘lgan odamning kiyimi ostidan polietilen paketga o‘ralgan ikkita bo‘sh plastik idish topdi. Tez orada uning shaxsi ham aniqlandi: “terrorchi” hech qaerda ishlamaydigan O‘zbekiston vatandoshi Xusain Saidov ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik hech qaerda ishlamasdan, ko‘cha-kuyda “bomj” bo‘lib yashab yurgani ham aytildi.

Saidovdan hech qanday portlovchi modda va moslama topilmadi. U tergov-surishtiruv yakuniga qadar hibsga olindi.

Rostov politsiyasi Ozodlikka mazkur hodisa yuzasidan hozircha hech qanday izoh berilmayotganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG