Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:49

OzodNazar: Turkiyadagi “to‘ntarish” ikki diniy guruh o‘rtasidagi zidiyatdir


Kamoliddin Yo‘ldosh
Kamoliddin Yo‘ldosh

Turkiyadagi “to‘ntarish” ortidan Fathulloh Gulanga aloqadorlikda gumon qilinib ishdan olingan va hibsga olinganlar soni 50 ming nafardan oshdi. 24 radio va telekanalning litsenziyalari esa olib qo‘yildi. Turkiya hukumatining tozalash ishlari seshanba kuni ta’lim sohasi idoralarini qamrab oldi.

Ishdan olingan muallimlar orasida O‘zbekistonda ishlagan o‘qituvchilar ham bor. Ulardan biri Ozodlik bilan suhbatda “Turkiyada jodugar ovlash” avjida degan gapni aytdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ko‘ra, qamalganlar va ishdan olinganlar AQShda joylashgan ulamo Fathulloh Gulanga aloqadordir. Turkiya Bosh vazir Binali Yildirim esa, bayonotlaridan birida "Fathulloh Gulan terrorchi tashkilotni boshqargan", dedi.

Turkiyada istiqomat qilayotgan mustaqil jurnalist Kamoliddin Yo‘ldoshning fikricha, bu ziddiyat “Ikki muhofazakor diniy jamoat o‘rtasidagi ziddiyatdir”:

Камолиддин Йўлдошнинг OzodNazarи:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:42 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG