Линклар

Buxoroda Naqshbandiylik tariqatiga ergashgan 15 musulmonning qamoq va jarima bilan jazolanishiga munosabat bildirgan Musulmonlar idorasi mamlakatda bu tariqatga hech bir taqiq yo‘q, deb bayonot berdi. Idora raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur huquq-tartibot organlari dindorlarni aynan shu tariqatga mansubligi uchun ta’qib qilishga haqli emas, deb ta’kidladi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan ikki mahkama jaraënida o‘zini Naqshbandiylik tariqatiga ergashuvchilar deb bilgan 15 shaxs ustidan hukm o‘qildi. Mazkur guruh yetakchilari deb topilgan to‘rt shaxsning har biri to‘rt yillik qamoq, ularga ergashgan 11 shaxs esa 4 millionlik so‘mlik jarimaga tortildi.

Bu xabarga munosabat bildirgan idora raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur Buxorodagi naqshbandiylar ustidan o‘tgan mahkama tafsilotlaridan to‘liq xabardor emasligini aytarkan, ularga qo‘yilgan asosiy ayblov xorijdagi tashkilotlarga aloqadorlik ekanini urg‘uladi.

Idora mulozimi bunday hollarda kuch ishlatar tuzilmalarining bu jihatlarni tekshirishi, nazorat qilishi zarurligini ta’kidladi.

Buxorodagi sud jarayoni va umuman, O‘zbekistonda Naqshbandiylik tariqatiga ergashgan dindorlarga nisbatan hukumat siyosati haqida Diniy idora raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG