Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:41

BahsOnline: O‘zbekistonda ham o‘lim jazosini tiklash kerakmi?


BahsOnlinening bu galgi soni mavzui Turkiya prezidenti Erdo‘g‘onning o‘lim jazosini tiklash masalasini ko‘rib chiqish taklifidan paydo bo‘ldi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 21 iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on15 iyulda boshlangan va 16 iyulda muvaffaqiyatsizlik bilan yakun harbiy to‘ntarishga urinish ortidan o‘lim jazosini tiklash masalasini ko‘rib chiqish lozimligini bildirdi.

17 iyul kungi chiqishida Erdo‘g‘on hukumat bu masalani parlamentdagi muxolifat partiyalari bilan muhokama qilishini ma’lum qildi.

“Demokratiya sharoitida xalqning talabiga e’tiborsizlik qilib bo‘lmaydi. Biz bu qarorni ortga surib o‘tirmaymiz, chunki davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanlar qilmishlari uchun javob berishlari lozim”, dedi prezident Erdo‘g‘on.

O‘zbekistonda ham, ayniqsa, sodir etilgan dahshatli qotilliklardan so‘ng, o‘lim jazosini tiklash taklifi bot-bot yangrab turadi.

Ayniqsa, yosh bolalar zo‘rlangani yoki ular vahshiylarcha o‘ldirilgani haqidagi maqolalarga sharh birdirgan mushtariylar o‘lim jazosi qayta tiklanish taklifini ko‘p aytadilar.

Biroq, inson huquqi himoyachilari o‘lim jazosini tiklashga doim qarshi bo‘lib keladilar.

Sizningcha, O‘zbekistonda ham o‘lim jazosini qayta tiklash masalasini qayta ko‘rib chiqish kerakmi?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 21 iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG