Линклар

logo-print

Sanepidemnazorat xodimlari kuydirgi bois O‘zbekistonda chorva mollarini uy sharoitida so‘yish taqiqlanganini aytmoqda. O‘zbekistonda kirish imtihoni o‘tadigan auditoriyalarga kameralar o‘rnatish tavsiya qilinmoqda. DJ Piligrim Cardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullaevni plagiatda aybladi.

Kuydirgi xavfi bois chorva mollari uy sharoitida so‘yish taqiqlanadi

Keyingi paytlarda O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda kuydirgi bo‘yicha vaziyat yaxshi emasligi kuzatilmoqda, shu bois infeksiyalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozim (“Oila davrasida”, 21 iyul). Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Bahrom Almatovga ko‘ra, chorva mollarini uy sharoitida so‘yish taqiqlanadi, ularni faqat kushxonalarda veterinariya xodimi nazoratida so‘yish kerak. Ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan chorva mollari go‘shti ham xatarli bo‘lishi mumkin, shu bois go‘shtni maxsus do‘konlardan xarid qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, mas’ul mutaxassis chorva mollarini kuydirgiga qarshi emlatish zarurligini uqtirgan.

G‘irromlik bo‘lmasligi uchun kirish imtihoni o‘tadigan auditoriyalarga kameralar o‘rnatish tavsiya qilindi

​Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va auditoriyadagi vaziyatni ota-onalar monitor orqali kuzatib borishi lozim (“Hurriyat”, 20 iyul). Ana shunda “Auditoriya nazoratchisi payt poylab “shpargalka”dan ko‘chiruvchilarga imkon berdi” yoki “Bir begona odam auditoriyamizga kirib, ikkita bolaga yordam berib ketdi” kabi gap-so‘zlarga o‘rin qolmaydi, adolat va xolislik ta’minlanadi deb hisoblaydi gazeta. Qayd etilishicha, katta chorrahalarda kamera va fotoradar o‘rnatilgach, qoidabuzarliklar kamaymoqda. Auditoriyalarga ham kamera o‘rnatilsa, g‘irromliklarning yo‘li yopiladi.

DJ Piligrim xonandalar Cardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullaevni o‘g‘irlikda aybladi

DJ Piligrim taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Ilhom Yo‘lchiev hamkasblari Sardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullaevni faqat plagiatorlik bilan shug‘ullanadigan ijodkorlar deb bilishini ta’kidladi. “Ular xorijiy musiqani o‘zimizga moslashtirib, qo‘shiq kuylash bilangina shug‘ullanishadi”, degan DJ Piligrim “Darakchi” nashriga intervьyusida. I. Yo‘lchiev so‘nggi paytlarda uning nomi xonanda Lola Yo‘ldosheva bilan yonma-yon tilga olinayotganiga munosabat bildirib, o‘rtada faqat ijodiy hamkorlik mavjudligini aytgan. “Kimlardir tarqatayotgan gaplar mishmishdan boshqa narsa emas”, degan u.

XS
SM
MD
LG