Линклар

Smartfonlar uchun mo‘ljallangan Pokemon Go o‘yini ayrim foydalanuvchilar boshiga balo bo‘lmoqda. Xabarlarga ko‘ra, o‘yinga berilib ketgan ba’zi foydalanuvchilar avtomobil avariyasiga uchragan, o‘g‘rilarga duchor bo‘lan. Hatto ikki o‘yinchi jar uchidan qulagan.

Ammo Rossiyaning “Birinchi kanal”i uchun bu holatlarning o‘zi yetarli bo‘lmadi. Telekanal haqiqatan sodir bo‘lgan ayrim hodisalar haqida xabar qildi, ammo o‘yin haqidagi lavha davomida AQShning Oklend shahrida bo‘lib o‘tgan, mavzuga umuman aloqasi bo‘lmagan namoyish videosini ham ko‘rsatdi.

Xabar videosida besh qatorli magistralga to‘planayotgan odamlarni ko‘rish mumkin. Videoda yana yo‘ldagi avtomobillar to‘plangan odamlarni chetlab o‘tishga yoki to‘xtashga majbur bo‘layotgani aks etgan.

“Birinchi kanal” muxbiri “Bu videoda Pokemon oviga chiqqanlar serqatnov yo‘lga o‘zlarini tashlayotganini, mashinalar esa zo‘rg‘a to‘xtayotganini ko‘rish mumkin”, deya ta’kidlaydi.

Yolg‘on xabarni rus jurnalisti Aleksey Kovalyov ko‘rib qolgan. Kovalyov yetakchiligidagi “Lapshesnimalochnaya” loyihasi propaganda yoki yolg‘on xabarlarni fosh qilish bilan shug‘ullanadi.

Kovalyov efirga uzatilgan video aslida Okland shahrida politsiya xodimlari tomonidan ikki qora tanli kishining o‘ldirilishiga qarshi 8 iyul kuni uyushtirilgan namoyishdan olinganini aniqladi.

““Birinchi kanal” hatto Pokemonlar haqidagi xabar berayotganda ham yolg‘on gapirmay turolmaydi”, deb yozdi Kovalyov.

Pokemon Go o‘yinini o‘ynash uchun foydalanuvchilar o‘z mobil moslamalari yordamida haqiqiy hayotda mavjud bo‘lgan joylarda virtual jonzodlarni “ovlaydilar”. O‘yin hali Rossiyada rasman e’lon qilingani yo‘q. Bunga qaramasdan, o‘yin mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘lmoqda. Rossiyalik ayrim konservativ rasmiylar hamda xavfsizlik xizmati xodimlari o‘yinga shubha bilan qaramoqda.

Ultramillatchilar hamda xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari o‘yin ortida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi turganini, o‘yin yordamida amerikaliklar josuslik qilayotganini iddao qilishdi.

Ularga ko‘ra, Pokemon o‘yinini o‘ynaganlar o‘z smartfonlari kamerasini Rossiya hududidagi muhim joylarga qaratadilar. Amerikaliklar esa o‘yinchilardan olingan ma’lumotni saqlab oladilar.

Sankt-Peterburgda joylashgan tashkilot o‘yin “shaytonni eslatishini” aytdi. 20 iyulь kuni esa Kommunistik partiya deputati Federal xavfsizlik xizmatini hamda Kommunikatsiya vazirligini o‘yinga to‘siq qo‘yishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG