Линклар

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Avganbog‘ qishlog‘ida yashovchi usta Olim Bekqulov to‘satdan uning uyiga 12 nafar qurollangan militsiya xodimlari bostirib kirib, hamma yoqni tintuv qilgani, Olimning order ko‘rsatish talabiga javoban uni haqorat qilgani haqida Ozodlikka arz qildi. Jabrlanuvchiga ko‘ra, militsiya xodimlari uydan hech narsa topmaganidan so‘ng, kechirim ham so‘ramasdan uyni tark qilishgan.

G‘uzor tumanidagi Avganbog‘ qishlog‘ida yashaydigan 44 yashar Olim Bekqulovning kasbi oddiy usta. Uyida moshina ta’mir qiladi.

Olimning aytishicha, 22 iyul kuni tush payti uning hovlisiga bir guruh qurollangan militsiya xodimlari bostirib kirib, “e yo‘q, be yo‘q,” uyni tintuv qilishgan:

- Kecha soat 12 larda uyda onam bilan abed qilib o‘tirgan edik. Bir payt tashqaridan xotinim yuguruib kirdida, hovlini melisalar bosib ketdi, dedi. Chiqib qarasam 12 chog‘li militsiya xodimlari hamma joyni tintuv qilib yotibdi. Nima gap, deb so‘rasam na hujjat ko‘rsatadi, na order. Aksincha “nega hech kim so‘ramaydi, sen mendan hujjat so‘raysan deb, baqirib haqoratlab ketdi...”, dedi Olim Bekqulov.

Olim Bekqulov bilan suhbatning davomini quyida tinglang:

Ozodlik Olim Bekqulovning bu iddaosiga munosabat olish uchun G‘uzor tumani ichki ishlar bo‘limi bilan bog‘lanishga harakat qildi. Biroq Ichki Ishlar vazirligining saytida ko‘rsatilgan raqam ishlamasligi sabab, munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG