Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:28

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan avtoavariya oqibatida uch odam halok bo‘ldi


Buxoro-Nukus avtotrassasi
Buxoro-Nukus avtotrassasi

Qoraqalpog‘iston respublikasi Qonliko‘l tumani Yangiqal’a qishlog‘i hududida yuz bergan avtoavariya natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikka so‘zlab bergan Qonliko‘l tumani ichki ishlar bo‘linmasidagi manbaga ko‘ra, avtohalokat 22 iyul kuni tushlikdan keyin soat chamasi 14larda Buxoro-Nukus avtoyo‘lining 836 kilometrida yuz berdi.

Ichki ishlar bo‘linmasidagi manbaga ko‘ra, "Isuzi" rusumli avtomobil katta tezlikda borib, yo‘l bo‘yida turgan "Moskvich" yengil mashinasiga urilgan.

To‘qnashuv mahali, guvohlarga ko‘ra, "Moskvich"dan uch yo‘lovchi tushayotgan bo‘lgan.

Hodisa joyida, ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, ikki yo‘lovchi 59 yashar Sadoaddin Jamolov va 53 yashar Guliston To‘raeva jon taslim qilgan.

"Moskvich" haydovchisi va yana bir yo‘lovchi Qonliko‘l tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.

"Moskvich" haydovchisi Alimurza Xo‘jabekov shifokoxonada jon taslim qilgan.

Ammo shifokorlar uchinchi yo‘lovchi Xonzoda Shonazarovaning hayotini saqlab qolishgan.

Shifokorlarga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.

Ichki ishlar xodimlariga ko‘ra, avtohalokatga "Isuzu" haydovchisi Rustam Ro‘zimetovning avtomobilni idora qilarkan uyqu eltgani sabab bo‘lgan.

Rustam Ro‘zimetov avtohalokatda hech qanday shikast olmagani aytiladi.

Militsiya xodimlari hodisadan bir kun o‘tib uni Nukus shahriga olib ketganlar.

Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlagan.

Qonliko‘l tuman militsiyasi xodimlari bu ko‘lamdagi avtohalokat tuman hududida oxirgi yillarda kuzatilmaganini aytishadi.

O‘zbekistonda avtoavariyalar natijasida har yili o‘rtacha ikki mingga yaqin odam halok bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG