Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:03

Toshkentda uyi chala buzilgan oqtepaliklar tomsiz, eshik-romsiz yashamoqda


Toshkent shahri Oqtepa massividan Ozodlikka yo‘llangan shikoyatda massiv markazidagi 3 ta ko‘pqavatli uy chala buzilgani, oilalar esa tomi, eshik-romi qo‘porib olingan ochiq uylarda yashashga majbur qolganidan arz bo‘ldi. Ozodlikka yo‘llangan xabarda xonadon egalariga hali uy berilmagani aytildi. Hozircha hokimiyat mutasaddilari bu holat yuzasidan biror izoh bermadi.

Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Oqtepa mavzesidan kelgan shikoyatda shu yilning 3 mayidan buyon massivdan o‘tuvchi bir necha yo‘lni kengaytirish maqsadida aholi uylari va uylar oldidagi kichik maydonchalar buzilayotgani aytildi.

Oqtepa mavzesidagi kichik halqa yo‘li bo‘yida qariyb 45 yil ochiq turgan oziq-ovqat do‘koni buzilganini aytgan shikoyatchiga ko‘ra, shu kunga qadar tuman va Toshkent shahar hokimiyati na tovon puli, na buzilgan do‘kon uchun er bergan:

- Halqa yo‘li ustida mening do‘konimni buzishdi, ichidagi mahsulotlarni yaqindagi maktabning oshxonasiga olib borib tashlashgan. Do‘konimning orqasidagi 12-uy, sal naridagi 32, 34-uylarni yarmini buzishdi. Odamlar ko‘chada qoldi. Faqat 3 oilaga uy berishgan, qolgan 9 ta oila uysiz. Tomsiz uyda yashashyapti, ba’zilarining balkonini qo‘porib olishgan, shundoq uyi ochiq qolgan, - dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan shikoyatchi.

Uning aytishicha, Toshkent shahri hokimiyati, tuman prokuroturasiga murojaatlar javobsiz qolmoqda.

Hali uy-joy berilmasdan turib, yashab turgan uylari buzila boshlagan oqtepaliklar janjal-to‘palon bilan bulьdozerlar yo‘lini to‘sgan:

- Odamlar janjal qilganidan keyin, uylarni yarmi buzilganicha qoldi. Bo‘lmasa, shuncha odam ko‘chada qolar edi, - deydi shikoyatchi.

Quyida shikoyatchi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Тошкентда 9 оила томсиз уйда яшамоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:43 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Oqtepa massividan kelgan shikoyat bo‘yicha, tegishli tashkilotlardan izoh olishga urinmoqda.

Ozodlik bu shikoyatga oid tafsilotlar va rasmiylar izohini olishga urinmoqda, yangiliklarni saytimizda kuzating!

Quyida esa Ozodlikka yo‘llangan suratlar bilan tanishishingiz mumkin:

>

XS
SM
MD
LG