Линклар

Chavusho‘g‘li: Qirg‘izistonda Gulen harakatining ta’siri kuchayib bormoqda


Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li 25 iyul kuni HaberTurk telekanaliga bergan intervьyusida Qirg‘izistonda Fathulloh Gulen harakatining ta’siri kuchayib borayotganini aytdi.

Chavusho‘g‘li Qirg‘iziston hukumatini mazkur tashkilot tug‘diradigan tahdid haqida ogohlantirganini qo‘shimcha qildi.

“Biz ayrim davlatlarni ogohlantirayapmiz. Masalan, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziriga sim qoqib, uni ogohlantirdik. Chunku ular [gulenchilar] Qirg‘izistonni o‘zlarining Markaziy Osiyodagi bazasi qilib olishgan. Ular hukumat ishlariga joylashayaptilar va Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini amalga oshirishlari mumkin. Menimcha, Turkiyada harbiy to‘ntarish qilishga uringan terror tashkiloti faoliyatiga erk berib bo‘lmaydi”, dedi vazir.

Chavusho‘g‘li telefon suhbati davomida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Gulenga aloqador tashkilotlar ro‘yxatini so‘raganini, buning ortidan qirg‘iz rasmiylariga bu ro‘yxat yuborilganini aytdi.

“Agar bizga rad javobini berishsa, aloqalarimiz o‘zgaradi. Odam birodaridan bunday munosabatni kutmaydi”, dedi vazir.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Mevlut Chavusho‘g‘lining mamlakatdagi ta’lim muassasalari haqidagi bayonotiga javob qaytardi.

Unda Qirg‘iziston Turkiya rasmiylari xavotirlarini tushunishi qayd etiladi. Ayni paytda “shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Qirg‘iziston avvalo mustaqil, suveren davlatdir. U o‘zi uchun nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini mustaqil ravishda aniqlashga va tegishli qaror chiqarishga qodir. Biror mamlakatning tashqi ishlar vaziri boshqa davlatga biror chora ko‘rish zarurligini aytishi, qolaversa, buni ultimatumlar va shantaj tili bilan aytishi noto‘g‘ri, deb hisoblaymiz”, deyiladi rasmiy Bishkek javobida.

Qirg‘izistonlik ayrim mahalliy mutaxassislar Anqara bildiruvini tanqid qildi.

Xalqaro masalalar bo‘yicha mutaxassis Iskandar O‘rmo‘n o‘g‘lining aytishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirining bu harakatini mustaqil davlatning ichki ishlariga aralashuv o‘laroq baholash mumkin.

XS
SM
MD
LG