Линклар

logo-print

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi harbiy xizmat yoshidagi yigitlarni Arimiyaga qabul qilish uchun yangi talab va me’zonlarni qabul qildi.

Yangi talabga muvofiq, O‘zbekistonda qurolli-kuchlar safida xizmat qilishni xohlayotganlar har yili o‘tkaziladigan tanlovda faqat bir marta qatnasha oladilar.

Bundan tashqari jismoniy normativlar bo‘yicha imtixon bir kunda topshirishadi, ona tili, adabiyot, tarix va matematika fanlaridan test uchun esa bir yarim soat ajratiladi.

Jismoniy normativlar bo‘yicha imtixonlar 25 sentyabrdan 15 yanvargacha, fan bo‘yicha test sinovlari esa 10 oktyabrdan 15 yanvargacha o‘tkaziladi.

Test natijalari esa etti kun ichida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rasmiylariga ko‘ra, Armiyaga chaqiriliuvchilarga talablarning kuchaytirilishi harbiy xizmatchilar saviyasini oshirish maqsadi bilan bog‘liqdir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston qurolli-kuchlari saflarida xizmat qilishni xohlovchilar soni haddan ziyod ko‘payishi ortidan mamlakat mudofaa vazirligi armiyaga yigitlarni test orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Armiyada xizmat qilishni xohlovchilar endilikda jismoniy normativlardan tashqari, ona tili, adabiyot, tarix va matematika fanlaridan test topshirishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rasmiylariga ko‘ra, hozirda muddatli harbiy hizmat uchun ajratilgan har bir o‘ringa to‘qqiz-o‘ntadan da’vogar to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, harbiy xizmatning muddatli, safarbarlik chaqiruv va shartnoma asosidagi turlari joriy etilgan.

Muddatli harbiy xizmat 9 oy va bir yillik bo‘lib, keyingi paytda harbiy xizmatning ayni turiga o‘zbek yigitlari orasida qiziqish kuchayayotgani kuzatiladi. O‘zbekiston huquq tartibot idoralarida ishlash uchun aynan muddatli harbiy xizmatni o‘tash shartligi bu qiziqishga sabab bo‘layotgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG