Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:50

“Ahmadboyning qamalishi Toshkentda go‘sht qimmatlashiga sabab bo‘ldi”


Rasmiylarga ko‘ra¸ poytaxt bozorlarida sotilaëtgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifati xavotirga asos bermaydi.
Rasmiylarga ko‘ra¸ poytaxt bozorlarida sotilaëtgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifati xavotirga asos bermaydi.

Toshkent viloyatiga tutash Janubiy Qozog‘istonda chorva mollari orasida kuydirgi kasali tarqashi va kasallikning odamlarga yuqishi ortidan O‘zbekiston hukumati qo‘shni davlatlardan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotib olishni chekladi¸ bu mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytirdi. Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ bunday nazorat ortidan poytaxtda maxsus litsenziyasiz ishlab kelgan kushxonalar ëpilgan¸ go‘sht narxi 2000 so‘mgacha qimmatlagan.

“Vahimaga asos yo‘q!”

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda¸ poytaxtda o‘rnatilgan standartlarga mos bo‘lmagan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotilmayotgani¸ vaziyatning mutlaq nazoratda ekanini bildirdi:

- Qo‘shni mamlakatlarda kuydirgi tarqashi bilan biz ulardan go‘sht va go‘sht mahsulotlari olishni to‘xtatdik. Ichki bozor yaxshi himoyalangan¸ o‘zimizning mollardan kuydirgi chiqqani yo‘q. Bugun bozorda sotilayotgan go‘shtlar¸ kolbasa va sosiskalar hammasi tekshirilgan¸ vahimaga hech qanaqa asos yo‘q. Bir-ikkita axmoqning “kuydirgi tarqapti¸ Toshkentda odamlarga yuqipti” degan gapi bilan sal vahima bo‘lgandi¸ hozir hammasi joyida¸ dedi markazning o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, davlat bosh sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliev o‘tgan hafta mahalliy matbuotga yuqumli kasalliklar qayd etilgan davlatlar¸ asosan¸ Qozog‘istondan ruxsatnomasiz olib kelingan dekorativ qushlar, tuxum, go‘sht-sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning O‘zbekiston hududiga kirishi taqiqlanganini bildirgan edi.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi qarori bilan kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalliklari tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekiston chegara hududlarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorati punktlarida chetdan kirib kelayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yildi.

“Xavotirli holatlar ham bor”

Ayni paytda¸ ushbu markazning o‘z shaxsi sir qolishini so‘ragan xodimi¸ poytaxtning Chilonzor va Olmazor tumanlarida bir-biridan alohida ikki shubhali bemor kasalxonaga yotqizilgani va mutaxassislar kasallik kechishi kuydirgi simptomlariga o‘xshashini aytganini bildirdi.

“Chilonzordagi holatda¸ laborotoriya analizlari negativ chiqdi¸ ya’ni kuydirgi emas ekan. Olmazordagi hali ham aniq emas. Lekin kuydirgi ehtimoli bois¸ hozir nazorat kuchaygan. Biz odamlarga faqat SES pechati bor go‘sht olishni tavsiya qilayapmiz¸ deydi sanitar-epidemiologik markaz mutaxassisi.

Xususiy kushxonalar yopildi

Ozodlik gaplashgan oddiy toshkentliklar¸ keyingi bir oy ichida faqat naqd pulga hech qanday muhrsiz go‘sht sotuvchi xususiy kushxonalar yopilganiga guvoh bo‘lganliklarini aytdilar:

- Shaharda ikkita-uchta kushxona bor edi. Ularga viloyatlardan¸ balki qo‘shni Qozog‘istondanmi mol¸ qo‘y olib kelishardi¸ ular klientga qarab¸ so‘yardi va srazu naqd pulga sotardi. Taxminimcha¸ ularda hech qanaqa rasmiy sertifikat bo‘lmagan. Shuni so‘y¸ desangiz¸ so‘yardi¸ srazu olardingiz¸SES nazorati degan narsa yo‘q edi. Hozir shular ishlamayapti¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan toshkentlik mijozlardan biri.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ bugunga kelib Toshkentdagi bozor rastalari va supermarketlarda go‘sht mahsulotlari taqchilligi ko‘zga tashlanmaydi¸ ammo narxlar o‘tgan oyga nisbatan 1500-2000 so‘mga qimmatlagan.

“Go‘sht qimmatlashiga Ahmadboyning qamalgani sabab”

“Bu qimmatlash sababini oddiy odamlar Ahmadboy bilan bog‘layapti. Aytishlaricha¸ odamlar Ahmadboyga kuniga o‘nlab¸ hatto yuzlab molini olib borib topshirarkan. Ahmadboy ularni pulga chaqib¸ kelishuvini qilganidan keyin¸ bu mollarning ko‘pini so‘yib¸ bozorga chiqararkan. Hozir ana shu go‘sht tortilib qolgan va go‘sht qimmatlagan¸ deyishayapti. Qozog‘istondan mol kelishi to‘xtatilgani qanchalik ta’sir qilganini bilmadim¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan toshkentliklardan yana biri.

Ozodlik ixtiyorida moliyaviy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingan chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning O‘zbekiston poytaxtidagi bozor narxlariga ta’sir o‘tkazish darajasidagi ko‘p tarmoqli chorvachilik bilan shug‘ullanganiga oid ma’lumot yo‘q.

Ayni paytda¸ asli qassob bo‘lgan Ahmad Tursunboevga respublikaning to‘rt tomoni¸ hatto qo‘shni Qozog‘iston o‘z chorva mollarini beruvchilar sonining o‘n minglarda bo‘lgani aytiladi.

Hozircha Ozodlik ixtiyorida kreditorlar Ahmad Tursunboevga topshirgan chorva mollarining qaerda ekani¸ ularga nima bo‘lganiga oid aniq ma’lumot yo‘q..

XS
SM
MD
LG