Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:51

Namanganda uylari buzilayotgan to‘rt yuzga yaqin xonadon boshpanasiz qolishi mumkin


Namanganda birdaniga 400ga yaqin xonadon buzilmoqda
Namanganda birdaniga 400ga yaqin xonadon buzilmoqda

Namangan shahrida 25 iyuldan 396 xonadonni buzish ishlari boshlanishi ortidan uyi buzilayotganlarning ba’zilari boshpanasiz qolish ehtimolidan xavotirga tushgan. Ammo, shahar hokimiyati mutasaddilari tarixiy Chorsu dahasidagi Uychi mahallasini ko‘chirish qarori ikki oy davom etgan tayyorgarlik ishlaridan so‘ng boshlatilganini aytishadi.

Kelgusi oylar ichida 2.6 kilometr masofada yo‘l yoqasidagi uy va noturar joylar butunlay buzib tashlanadi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini faollari so‘zlariga ko‘ra, 900ga yaqin xo‘jalikka Namangan shahri chetidan bo‘sh yer uchastkalari ajratib berilmoqda.

Namangan shahrini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish rejasiga muvofiq, kelajakda buzilayotgan hududda 25ta ko‘p qavatli turar joy binolari barpo etiladi.

"Qo‘yxonasi borlariyam yer olipti"

Namangan hokimiyati uyi buzilayotganlarga qurilish mollarini olib ketishga izn bergan
Namangan hokimiyati uyi buzilayotganlarga qurilish mollarini olib ketishga izn bergan

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Namangan shahar hokimi yakshanba kuni uyi buzilishi kerak bo‘lgan xonadonlar egalari bilan uchrashib, har bir xo‘jalikka shahar chetidan to‘rt sotiqdan yer berilishini bildirgan.

Dushanba kuni esa Uychi mahallasida yashovchilarga ajratiladigan uchastkalar taqsimlab berilgan.

Ikki oy davomida monitoring qilib o‘rganildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini, jamoatchilik, ichki ishlar xodimlari, uy-joy va kadastr xizmatlari hududda monitoring o‘tkazib, kadastr hujjatlari va propiskalarini o‘rganib, yashaydi-yashamaydi qilib, hamma ro‘yxatini qilib oldik. Shu ro‘yxatga ko‘ra, uchastka berish rejalashtirildi,” dedi Namangan shahar hokimligi vakili.

Ammo Ozodlik suhbatlashgan Uychi ko‘chasi yashovchilaridan biri yer ajratishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qildi.

Bir xonadonda to‘rtta xo‘jalik bo‘lsa, uchta xonadonga yer berishdi. Lekin bir hovlida bir yoki ikki xo‘jaligi borlar orasida to‘rt-besh xo‘jalik qilib yer olganlar bor ekan. Pulini berib qo‘shimcha uchastka olganlar bor ekan. Mahallada qo‘yxonasi borlariyam yer olipti, degan gap yuripti,” deydi uyi buzilayotganlardan biri.

Uning ilova qilishicha, 25 iyulning o‘zidayoq “noturar joylar va aholi uylarini buzish boshlandi”.

Qurilish mollarini o‘zlari olib ketishayapti. Qurilishni o‘zlari qurishadi. Ammo hali kompensatsiya puli aniq bo‘lmapti,” dedi Ozodlik suhbatdoshi.

Uychiliklar buzilayotgan uylaridan hozircha bir xonani saqlab qolishmoqchi
Uychiliklar buzilayotgan uylaridan hozircha bir xonani saqlab qolishmoqchi

Biroq, Namangan shahar hokimiyati qurilish ishlari bo‘yicha mutasaddisiga ko‘ra, “barcha zaruriy moddiy yordam beriladi”.

Norozichilik holatlarini men ko‘rmadim. Barcha zaruriy moddiy yordam beriladi. Shaxsan shahar hokimining o‘zi mahallada yashaydigan aholini to‘plab, gaplashdi. Kimda nima gap bor, kim kimda norozigarchilik bor, mana men shu yerdaman, nima yordam kerak bo‘lsa beramiz, deb va’da qildi”, dedi Namangan shahar hokimiyati mutasaddisi.

“Tovuq katalagi ham qura olmaymiz”

Uyi buzilayotganlarning ba’zilari Ozodlikka ajratilgan yer uchastkalarida uy qura olmay, boshpanasiz qolishdan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Uyni buzishni boshladik. Lekin bitta xonani qoldirishayapmiz. Ko‘chayotgan paytda keyin buzarmiz, deb turibmiz. O‘zida sharoiti borlar uchastka qurishga tushdi. Makkapoya ekilgan joylar ekan. Hozir poyadan tozalab, yaroqli holatga keltirib keyin uy qurishadi. Lekin, shundaylarimiz borki, tovuq katalagi ham qura olmaymiz. Shunga o‘tiribmiz, bu yog‘i qanday bo‘larkin, deb,” deydi Uychi ko‘chasi yashovchilaridan biri.

Uychi ko‘chasida 2.6 km masofadagi uylar buzib tashlanadi
Uychi ko‘chasida 2.6 km masofadagi uylar buzib tashlanadi

Uychi ko‘chasi yashovchilariga ko‘ra, kompensatsiya to‘lovlarining bank karotchkalariga o‘tkazilishi yangi uchastkalarni qurishni yanada qiyinlashtiri mumkin.

Mahalliy hokimiyat vakilining e’tirof etishicha, kompensatsiya miqdori va uning qay tarzda to‘lanishi hozirgacha aniqlanmagan.

Hali mablag‘ masalasi hal bo‘lgani yo‘q, kompensatsiya mablag‘larini berish bo‘yicha ko‘rsatmayam bo‘lgani yo‘q. Lekin, iloji boricha naqd pulda qilib beriladi. Imkoniyat darajasida. Hozir naqd pulda muammolarimiz bor, lekin uy buziladigan xonadonlarga hokimning o‘zi kopmensatsiyani naqd pulda qilib berishga harakat qilamiz, degan. Shifer va sementni arzonlashtirilgan narxda olib berishga harakat qilamiz,” dedi Namangan shahar hokimligi vakili.

Namangan shahrini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish rejasiga muvofiq, buzilayotgan uyrlar o‘rnida 25ta 5 qavatli turar joy binolari barpo etiladi.

XS
SM
MD
LG