Линклар

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o‘tgan yili MXX tarafidan boshlangan moliyaviy taftish ortidan Senatda Bosh buxgalter bo‘lib ishlagan Muhabbat Yusupova katta miqdorda pul-valyuta mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib hibsga olingan. Ozodlik radiosining huquq tartibot idoralaridagi manbalarining tasdiqlashicha, MXX va prokuratura tergov guruhi shu kunlarda ham taftishni davom ettirayotir.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bosh hisobchi bo‘lib ishlagan Muhabbat Yusupova katta miqdorda pul-valyuta mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, o‘tgan yili noyabrida hibsga olingan. Ozodlik radiosi Yusupovadan tashqari tergovga tortilgan boshqa mulozimlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganmoqda.

Ozodlik surishtiruvi davomida Senatdagi kamomadlar aniqlandi.

Ozodlik surishtiruvi davomida Senatdagi kamomadlar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Ozodlik bilan suhbatda taftishlar moliyaviy taftish haqidagi haqidagi ma’lumotni inkor etmadi. Biroq Oliy majlis Senati bosh hisobchisi Muhabbat Yusupovaning o‘z arizasiga binoan ishdan ketganligini ta’kidladi.

- Menda rasmiy hujjatlar qo‘limda yo‘q. Men huquqshunosman. Qo‘limda rasmiy hujjatlar bo‘lsa, siz bilan batafsil bu haqda gaplashgan bo‘lardik. Bu aël (Muhabbat Yusupova tahr.) Senatdan o‘z arizasiga ko‘ra¸ ishdan bo‘shatilgan. Hozir boshqa buxgalter ishlayapti¸ dedi senator Svetlana Ortiqova.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlaridan birining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ taftish paytida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida katta moliyaviy kamomad va pul o‘zlashtirish hollari aniqlangan.

Unga ko‘ra¸ Muhabbat Yusupova o‘tgan yilning noyabr oyida ishdan bo‘shatilgan va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish aybi bilan hibsga olingan.

"Moliyaviy jinoyatlarda ayblanayotgan Muhabbat Yusupova MXXning Yunusoboddagi izolyatorida qolmoqda" - dedi parlament a’zosi.

Ozodlik radiosining huquq tartibot idoralaridagi manbalarining tasdiqlashicha, MXX va prokuratura tergov guruhi shu kunlarda ham taftishni davom ettirayotir.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga yaqin manbaning Ozodlikka aytishicha, tergov iddaosiga ko‘ra, deputat va senatorlarga beriladigan safar xarajatlari o‘zlashtirilgan, qog‘ozda orgtexnika sotib olindi va kompyuterlarga dasturlar o‘rnatildi, deya rasmiylashtirib¸ bunga ajratilgan pul shaxsiy cho‘ntaklarga tushgan.

Ayni manbaning ta’kidlashicha, joriy yil yanvarida Senat bosh hisobchisi sifatida Bobomurod Holiqov tayinlangan bo‘lsa ham, taftish tugamagan.

Maqolada keltirilgan barcha davolar bir - biridan mustaqil, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi manbalari tomonidan ilgari surilgan.

Ozodlik radiosi ushbu jurnalistik tergovini davom ettirmoqda.

------

Mavzuga oid hujjatlarni Ozodlik radiosiga sizdirmoqchi bo‘lsangiz, ozodlikmail@gmail.com ga yozing. AQSh kongresi tomonidan moliyalanadigan va 60 yildan oshiq vaqt mobaynida O‘zbek xalqi uchun xolis axborot yetkazib berayotgan Ozodlik radiosi AQSh konstitutsiyasi asosida o‘z manba’larining shaxsi sir qolishini kafolatlaydi.

XS
SM
MD
LG