Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:22

O‘zbekistonliklar Peterburgda hamyurtini, Stavropolda 14 yashar qizni zo‘rladi


Rossiyaning turli mintaqalarida yashayotgan o‘zbekistonliklar nomlari mahalliy kriminal xabarlarda tez-tez uchrab turadi. Rus politsiyasi mamlakatda mehnat qilayotgan muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni yiliga 5-6 foizga ko‘payib borayotganidan xavotir bildirmoqda.

Peterburgda ikki o‘zbekistonlik hamyurtini zo‘rladi

Leningrad viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ayol ikki hamyurti tomonidan kaltaklanib, zo‘rlangan.

Politsiyachilar Peterburg shahri Frunze tumanida o‘tkazgan reyd natijasida ushbu hodisaga aloqadorlikda gumon etilgan ikki o‘zbekistonlikni - 31 yoshli yuk tashuvchi va 21 yoshli haydovchini qo‘lga olgan.

Politsiya rasmiylariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki shaxs tongda 29 yoshli ayolni Frunze tumani, Salov ko‘chasidagi omborga sudrab kirgan va zo‘rlagan. Hodisadan so‘ng ayol politsiya bo‘limiga kelib, kaltaklangani va nomusiga tajovuz qilinganini aytib bergan. Hozirda har ikki shaxs hibsga olingan va zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol ko‘rsatmalari o‘rganilmoqda.

Stavropolda 14 yashar qizni zo‘rlagan uch o‘zbek qamaldi

Stavropol o‘lkasi mahkamasi 14 yoshli qizcha bilan “jinsiy aloqa qilish” va unga o‘ldirish bilan tahdid qilgan uch nafar o‘zbekistonlikni o‘n sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Mahkama rasmiylarining bildirishlaricha, O‘zbekiston vatandoshi Bunyodbek Matkarimov 14 yoshli mahalliy qizni uylanish va’dasi bilan nomusiga tekkan.

Sud rasmiylarining bildirishicha, Matkarimov va uning yana ikki o‘zbekistonlik sherigi qizchani o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning nomusiga tekkan.

Stavropol sudi Bunyodbek Matkarimovni 8,5 yilga va uning sheriklarini 8 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Kredit pullarni o‘zlashtirib yuborgan o‘zbekistonlik Moskvadan ekstraditsiya qilindi

Moskva viloyati matbuot xizmati rasmiy saytida bildirishicha O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ishbilarmon Oybek Mirzaboev O‘zbekiston huquq- tartibot organlari qo‘liga topshirilgan. Prokuraturaga ko‘ra, ishbilarmon O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167 moddasi, 3- qismi (“o‘g‘irlik”) va 209 moddasi, 2- qismi (“mansab soxtakorligi”) ayblovlari bo‘yicha gumon etilmoqda.

Moskva viloyati ichki ishlar vazirligi Oybek Mirzaboev 2010 yilning iyulida O‘zbekistonning Namangan viloyatida “Dyukeyn” nomli xususiy shirkatga rahbarlik qilgani va “beshta uy qurilishiga sarflanishi kerak bo‘lgan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani”ni ma’lum qildi.

Oybek Mirzaboev Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanida o‘tgan yilning noyabrida qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG