Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:17

O‘zbekiston chempioni jinsini o‘zgartirmoqchi


N. jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, o‘g‘il bolaga aylanishni istaydi.
N. jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, o‘g‘il bolaga aylanishni istaydi.

WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘langan o‘zbekistonlik 21 yashar qiz N. (ismi Ozodlikka ma’lum) jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, jinsini o‘zgartirish orzusida yashayotganini ma’lum qildi.

N. "jismonan va ruhan" o‘zini erkak deb his qilishi, biroq barcha hujjatlarda ayol sifatida qayd etilganini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda u 2009 yilda yengil atletika bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqani, ammo tibbiy ko‘rik paytida shifokorlar uning jismida ko‘proq o‘g‘il bola alomatlarini topgani uchun, xalqaro musobaqalarda qatnasha olmaganini bildirdi.

"Jinsiy organlarim ayol kishinikidan ancha farq qiladi, erkak kishinikiga yaqinroq, - deydi N. - Qo‘pol qilib aytganda, men o‘g‘il bolalar bilan gaplashib o‘rganib qolganman..., tashqi ko‘rinishimam, ichki dunyoimam o‘g‘il bolaniki."

Asli andijonlik N. 4 yildan buyon Rossiyada yashaydi.

"O‘zbekistonda qiz bola bo‘lib yashash judayam azobli va achinarli bo‘ldi," deb eslaydi u.

N.ning aytishicha, dastlab qarshilik ko‘rsatgan yaqinlari, keyinchalik uning o‘g‘il bolaga aylanish orzusini tushunish bilan qabul qilganlar.

Ammo u, jinsini o‘zgartirgan taqdirda ham, O‘zbekistonga qaytish niyati yo‘qligini aytadi.

N.ning ishonishicha, agar jinsi o‘zgarsa va bundan tanishlari xabardor bo‘lsa, ularda yaqinlariga nisbatan salbiy qarash paydo bo‘lishi mumkin.

N. ikki yildan buyon bir qiz bilan uchrashib yurganini aytadi.

O‘g‘il bola bo‘lishni orzu qilgan N. bilan Ozodlik o‘tkazgan suhbatni tinglang.

Ўғил бола бўлиш орзусида юрган қиз Н. билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:45 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG