Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:16

Chodirxayol: “Zuhrom kelmadi” - moziy oshiqlarining hazin sasi


Sharofiddin Murodov tor jo‘rligida "Zuxrom kelmadi " qo‘shig‘ini aytib olqish oldi.
Sharofiddin Murodov tor jo‘rligida "Zuxrom kelmadi " qo‘shig‘ini aytib olqish oldi.

O‘tgan asrning 80- yillarida Rustam qori Tursunov tarafidan ijro qilinib¸ bugun yosh xonandalar repertuariga ko‘chgan “Zuhrom kelmadi” qo‘shig‘i tarixini Chodirxayol dasturida eslaymiz.

Rustam qori Tursunov ijrosidagi bu qo‘shiqni oradan 30 yil o‘tib yosh o‘zbek xonandalari Abdurashid Yuldoshev va Sharofiddin Murodovlar ijro qildi.

Toshkentlik musiqashunos Nargiza Saydalievanig Ozodlikka aytishicha¸ “yosh honandalar Rustam qori ijrosidagi qo‘shiqni yangi ohanglar bilan boyitishgan bo‘lsa ham¸ qo‘shiqning umumiy kayfiyatidan chiqib keta olishmagan”.

- O‘sha ohang¸ o‘sha matn¸ o‘sha kayfiyat. Rustam qori Tursunov ijrosida ulkan mahobatni his qilamiz. Abdurashid Yuldoshev ijrosi esa kompyuterda dasturlangan ovozlarga hamohang. Sharofiddin Murodov ijrosida tanbur va rubob torlarining titrog‘i qo‘shiqqa dard bahsh etadi¸ deydi munaqqid.

O‘zbekistonlik taniqli artist Zuhra Solieva nazarida “Zuhrom kelmadi” qo‘shig‘i "moziy oshiqlarining bizgacha yetib kelgan hazin sasidir":

- Ismim Zuxra bo‘lgani uchun emas, balki qo‘shiq talqinining mukammalligi bois gapiryapman. Albatta, har bitta Zuhra degan qizga bu qo‘shiq yoqadi. Ammo gap bu yerda Zuhra haqida ham emas. Yaxshi tomoni -qo‘shiq quloqqa yoqadi. Matn va ohang uyg‘unligi mukammal. Eshitgan zahoti "e, anavi qo‘shiqku" deydigan asar. Yaxshi qo‘shiq bo‘lgani uchun esimizda¸ haligacha bilamiz¸ deydi san’atkor.

Suhbatdoshning aytishicha¸ “ufqdagi chizg‘in-chizg‘in yog‘dular” degan maftunkor satrlar bois bu qo‘shiq tildan-tilga ko‘chmoqda.

Taniqli kino va teatr artisti Ra’no Yarasheva bu qo‘shiqning ilk avtori Rustam qori Tursunov ijrosidagi variantini sevib tinglashini aytadi:

- Ustoz ashulachi sifatida Rustam qori Tursunov bu qo‘shiqqa jiddiy yondoshgan¸ shu bois unga taqlid qilganlar zaif bo‘lib qolaveradi¸ deydi suhbatdosh.

Oliy o‘quv yurtida o‘qituvchi bo‘o‘lib ishlaydigan olim Xonnazar Omonov esa yosh honanda Sharofiddin Murodov ijrosidagi “Zuhrom kelmadi” qo‘shig‘iga maftun bo‘lganini aytadi:

- Doimo mashinamda eshitib yuraman. Inson qalbiga quvonch¸ huzur va halovat bahsh qiladigan tarzda ijro qilgan Sharofiddin Murodov. Men bu qo‘shiqni jon qulog‘im bilan eshitaman¸ deydi suhbatdosh.

Qo‘shiq qanday yaraladi? Qay sinoat bois qo‘shiq el og‘ziga tushadi? Nega eski ohanglardan ayrilgimiz kelmaydi, nega ularni doimo ichimizda xirgoyi qilamiz?

Chodirxaëlning “Tanish qo‘shiqlar” deb nomlangan sahifasida bundan 30 yil burun aytilgan "Zuhrom kelmadi " qo‘shig‘iga quloq beramiz.

Ufqdagi chizg‘in-chizg‘in yog‘dular¸

G‘uj yulduzlar keldi, Zuhrom kelmadi.

Yuragimda qancha shodlik qayg‘ular¸

Bahor, kuzlar keldi, Zuhrom kelmadi¸

Ortga qaytdi uzoq ketgan karvonlar¸

Tamom bo‘ldi oxir fasli hazonlar.

Qatorlashib qancha kelin, jononlar¸

Qancha qizlar keldi, Zuhrom kelmadi.

Qoshu- ko‘zni judo qilmang biridin,

Zuhroxonni ayirmang Tohiridin

Tog‘u-toshu cho‘lu-sahro, qiridin¸

Hamma elllar keldi, Zuhrom kelmadi.

Zuhroni deb sevgi suvin ichganman¸

Zuhroni deb bu dunyodan kechganman.

Belimdagi zulfi - zarni yechganman

Qora kokil keldi, Zuhrom kelmadi

Gulgun qizlar keldi, Zuhrom kelmadi

Qancha qizlar keldi, Zuhrom kelmadi.

Чодирҳаëл дастури
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG