Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:58

Oliygohdagi bitta o‘rin uchun 11,5 abiturient


O‘zbekiston oliygohlariga bu yil 663 mingdan ko‘proq abiturient hujjat topshirdi. O‘zbekistonda birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim hokimliklar tanqidga uchradi. O‘zbek nashrlari mamlakat aholisining hayvonlarga munosabati hamon achinarli ahvoldaligi yozmoqda.

Bu yilgi imtihonda bir o‘rin uchun 11,5 abiturient kurashadi

Joriy yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga 663,2 mingdan ziyod abiturient hujjat topshirdi, bu bitta o‘rin uchun 11,5 nomzod kurash olib boradi deganidir (“Oila davrasida”, 28 iyul). Davlat test markaziga ko‘ra, eng ko‘p abiturient Termiz davlat universitetiga (37,6 ming) hujjat topshirgan. Bir o‘ringa eng katta tanlov esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida qayd etildi – 24,8 kishi. O‘tgan yili O‘zbekiston OO‘Yulariga 606 mingdan ziyod abiturient hujjat topshirgan va bir o‘rin uchun 10,45 nomzod kurash olib borgan.

Bir necha viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bois tanqidga uchradi

O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ayrim viloyatlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani tanqid qilindi. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari xabar tarqatdi. Masalan, Navoiy viloyatidagi ayrim tumanlarda xorij sarmoyasini jalb etish borasida, Qashqadaryoda yengil sanoat, qurilish materiallar ishlab chiqarish, meva-sabzavotni qayta ishlash borasidagi kamchiliklar tanqid qilindi. Shuningdek, Surxondaryoda 874, Jizzaxda 689 ta kichik biznes sub’ekti, Namanganda 700 ziyod korxona faoliyati to‘xtagan. Viloyat hokimlari o‘tkazgan yig‘ilishlarda kamchiliklarning sabablari tahlil qilingan.

O‘zbekistonliklarning hayvonlarga munosabati achinarli deb baholandi

O‘zbekiston aholisining hayvonlarga munosabati hamon achinarli ahvolda (“Hurriyat”, 27 iyul). Negaki, jinoyat va ma’muriy kodekslarda asosan davlat tomonidan muhofaza qilinadigan o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazganlik uchun jazo belgilangan, ammo boshqa jonivorlar muhofazasi ko‘zda tutilmagan. Gazetaga ko‘ra, hayvonlarga besabab zarar yetkazgan, ularni o‘ldirgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy va jinoiy jazo qo‘llash, ichki ishlar tizimida ekologik profilaktika nozirlari shtatini joriy etish vaqti keldi. Qolaversa, aholiga bioetika masalalarini tushuntirish, hayvonlarga teng huquqli jonzot sifatida qarash, hayvonlar uchun boshpanalar tashkil etish tavsiya etilgan.

XS
SM
MD
LG