Линклар

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan uyatli janjal o‘zbek matbuotiga va shu tufayli, ya’ni bilvosita, Ozodlikka ham ko‘chdi. Shov-shuv bo‘lgan video ortidan bergan intervьyusida artist o‘zi ishtirokidagi videoning tarqatib yuborilishini Cho‘lpon, Fitrat va millatning boshqa ziyolilariga qarshi amalga oshirilgan fitnalarga o‘xshatdiki, bu o‘xshatish zamirida “men ham o‘shalar qatoridaman”, degan iddao uqildi.

Xo‘sh, Erkin Komilov Cho‘lpon, Fitrat yoki Usmon Nosir bilan bo‘ylasha oladimi?

Bugungi OzodNazarda Abdurahmon Tashanovga kunning boshqa savollari qatori shu savolni ham berdik.

XS
SM
MD
LG