Линклар

Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga xakerlar hujum qildi. Xakerlar yana AQSh Demokratlar partiyasining boshqa insitutlarini ham mo‘ljalga olgan. Bu haqda 29 iyul kuni Amerika matbuot nashrlari xabar berdi.

Avvalroq Milliy demokratik qo‘mita hamda Kongressning demokratik saylov qo‘mitasi xakerlar hujumi qurboni bo‘lgan edi.

AQSh rezvedka xizmatlari rasmiylari hamda xususiy mutaxassislar mazkur hujumlar ortida Rossiya hukumatiga ishlaydigan josuslar turganini aytishmoqda. Hujumchilar qoldirgan izlardan ularning rus ekanligini aniqlashgan. Qolaversa, xakerlar faqat hukumatlar qo‘li yetadigan asboblardan foydalanishgan.

Ayrimlar Rossiya AQSh prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotganini aytmoqda. Hafta boshida AQSh prezidenti Barak Obama ham bunday xavotirlar borligini aytdi.

Rossiya hukumati esa bu ayblovlarni “aksil Rossiya paranoyyasi” simptomi deya ta’riflab, keskin rad etmoqda.

Klinton kampaniyasining bildirishicha, xakerlar ma’lumot tahlil qiluvchi dasturni ochishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo ichki tizimlarga, jumladan, elektron xabar tizimlariga zarar yetmagan.

AQSh Federal qidiruv byurosi bu iddaolarni hamda xakerlar yetkazgan ziyon ko‘lamini o‘rganib chiqayotgani bildirdi.

Xakerlar Milliy demokratik qo‘mitasi elektron maktublarini Demokratik partiyaning saylovoldi qurultoyidan avval e’lon qildi. Bu esa partiya uchun zarba bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG