Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:08

Yerevanda politsiya binosini egallab olgan qurolli guruh taslim bo‘ldi


Qurolli guruhning taslim bo‘lish oni, Yerevan, 2016 yil 31 iyuli.
Qurolli guruhning taslim bo‘lish oni, Yerevan, 2016 yil 31 iyuli.

Armaniston hukumatiga qarshi ikki hafta mobaynida qurolli qarshilik ko‘rsatgan “Sasna tsrer” guruhi 31 iyul kuni politsiyaga taslim bo‘ldi. Ozodlik radiosi arman xizmatining xabar berishicha, guruhning 20 a’zosi hibsga olingan.

Qurolli guruh liderlaridan biri Varujan Avetisyanning aytishicha, yakshanba kuni ertalab politsiya bilan otishma chog‘ida guruh katta talafot ko‘rganidan so‘ng taslim bo‘lishga qaror qilingan.

Avetisyan qo‘lga olinganlarni "harbiy asirlar" deb atadi hamda arman xalqini “kurashni davom ettirish”ga chaqirdi.

Armaniston maxsus xizmati "Sasna tsrer" guruhi a’zolarini terrorchi, deb bildirdi.

Guruh a’zolari taslim bo‘lganidan so‘ng yuzlab yerevanlik guruh a’zolari bilan birdam ekanini namoyish etish uchun poytaxtning markaziy ko‘chalarida yurish qildi.

17 iyul kuni "Sasna tsrer"guruhi politsiyaning qorovul polki binosini egallab olgan edi. O‘sha paytdagi otishmalarda bir zobit halok bo‘lgan, 4 politsiyachi yaralangan.

Hujumchilar iyun oyida qo‘lga olinmish muxolifatchi Jirayr Sefilyan ozod etilishini talab qilganlar. Ular Armaniston prezidenti hamda bosh vaziri iste’foga ketishini ham talab qilishgan.

Politsiya binosini egallab olgan hujumchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuv ikki hafta davom etdi.

29 iyul kuni ularning uch nafari oyog‘idan yaralangan.

29 iyul kuni kech yuzlab namoyishchi politsiya binosi tomon yurish qilishga urindi, ammo politsiya bunga yo‘l qo‘ymadi.

30 iyul kuni esa rasmiylar namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvida 75 odam jarohat olganini, 20 nafar namoyishchi qo‘lga olinganini bildirishdi.

Namoyishlar davomida matubot vakillari, jumladan, Ozodlik radiosi muxbirlari kaltak va metal bo‘laklari bilan qurollangan fuqaroviy kiyimdagi shaxslar tomonidan kaltaklandi.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi prezidenti Tom Kent matbuot xodimlariga qilingan hujumlarni qoraladi.

Politsiya tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 29 iyulgi namoyish ortidan 165 odam qo‘lga olingan. Ularning aksari keyinroq qo‘yib yuborilgan.

XS
SM
MD
LG