Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:04

Atambaev: Qo‘shni davlat liderlari prezidentlikda qolishimni iltimos qilishdi


Bir necha yildan beri O‘zbekistogn-Qirg‘iziston munosabatlarini yaxshilashga uringanini aytib kelayotgan Almazbek Atambaev Islom Karimovdan farqli o‘laroq ikkinchi muddatga prezident bo‘lmoqchi emas.
Bir necha yildan beri O‘zbekistogn-Qirg‘iziston munosabatlarini yaxshilashga uringanini aytib kelayotgan Almazbek Atambaev Islom Karimovdan farqli o‘laroq ikkinchi muddatga prezident bo‘lmoqchi emas.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev 1 avgust kuni Issiqko‘lda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mana shu gapni aytdi. O‘z so‘zida davom etar ekan, Atambaev prezidentlik muddati yakunlanadigan 2017 yildan so‘ng hokimiyatda qolmasligini yana bir bor ta’kidladi. Bu bayonot Qirg‘izistonda Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish harakati katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan bir paytda yangradi.

Атамбаев: Қўшни давлат лидерлари президентликда қолишимни илтимос қилишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:24 0:00
Бевосита линк

Almazbek Atambaev 1 avgust kuni Issiqko‘ldagi “Ruh O‘rda” kompleksida o‘tkazgan matbuot anjumanida: “Bugungi kunda menga Atambaev ikkinchi muddatga qolsin, degan kollektiv xatlar kelayapti. Men aytishim mumkin, bu haqda men birinchi marta ochiq aytayapman... Menga ayrim birodar davlatlar prezidentlari “xalq prezidentini o‘zgartirmasin”, deb murojaat yo‘llashlarini aytishgan. Har bir odam o‘z ahloqsizligi darajasida hukm chiqaradi,” deb bayonot berdi.

O‘z so‘zi davomida prezident Qirg‘iziston Konstitutsiyasida bir odamning ikki muddat prezident bo‘lishi taqiqlanganini ta’kidlab, 2017 yilda vakolati yakunlanganidan so‘ng prezidentlikka ham, bosh vazirlikka ham da’vogarlik qilmasligini ma’lum qildi.

Shu bilan bir qatorda Atambaev o‘zi hokimiyatdan ketayotganida “voris operatsiyasi” amalga oshirilmasligini, keyingi prezident demokratik, holis va adolatli o‘tadigan umumxalq saylovida saylanishini va’da qildi.

Prezidentning bu bayonoti Qirg‘izistonda Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish harakati katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan bir paytda yangradi.

Muxolifat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kirtish ortida “hokimiyatni uzurpatsiyalash” maqsadi turibdi, deb hisoblaydi. Shunday fikrlovchi siyosatchilardan biri Ravshan Jeenbekov gapiradi:

- Aslida Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishdan maqsad prezident vakolatlarini kuchaytirish, o‘zlari uchun yaxshi sharoitlarni yaratib olishdir. O‘zlariga yaxshi sharoit yaratib olish deganda,bosh vazir va bosh vazir o‘rinbosarlarining deputatlik mandati saqlanib qolishi to‘g‘risida taklif qilinayotgan o‘zgartishni nazarda tutayapman. Bularning barchasi bugun hokimiyat tepasida turgan odamlarning hokimiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Ayrim siyosatchilar esa Atambaev prezidentlikdan ketganidan so‘ng u bosh vazir lavozimini egallashiga sharoit yaratish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilmoqda, deb hisoblaydi. Biroq Qirg‘izistondagi hukumron Sotsial-demokratlar partiyasi bu iddaolarning barchasini inkor qilmoqda.

- Bunday tashvishlarga asos yo‘q. Prezident yuzma-yuz uchrashuvlarda ham, jamoatchilik bilan uchrashuvlarda ham bunday niyati yo‘qligini aytib kelmoqda. Sotsial-demkoratlar partiyasi bo‘lajak prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ko‘rsatadi. Partiya o‘z printsiplariga qat’iy amal qiladi, - dedi Sotsial-demokratlar partiyasi lideri va parlament spikeri Chinibay Tursunbekov.

Qirg‘iziston parlamenti tomonidan taklif qilinayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartishlarda asosan bosh vazir vakolatlarini mustahkamlash va sud tizimini isloh qilish nazarda tutiladi. Jumladan, bosh vazirga prezident roziligisiz vazirlarni va hokimlarni ishdan bo‘shatish huquqi beriladi. Hozirgi Konstitutsiyaga binoan bosh vazir vazirlarni bo‘shatish uchun prezidentga tavsiyanoma kiritishi zarur. Hokimlarni ishdan bo‘shatish uchun esa bosh vazirga mahalliy kengashlar murojaat qilishi kerak.

Bosh vazir vakolatlarini kuchaytirishga urinish harakatlari qirg‘iz jamoatchiligida “Atambaev prezidentlikdan so‘ng bosh vazir bo‘lmoqchi”, degan tahminlarni paydo qilgan edi.

Qirg‘izistonda so‘nggi bir necha yil ichida Konstitutsiyani o‘zgartirishga ikiknchi marta harakat qilinmoqda. Avvalgi urinish fuqarolik jamiyati qarshiligi tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirishlar hozirda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Bu borada kuzda referendum o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

XS
SM
MD
LG