Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:40

XOQ va WADA Rossiya sportchilari masalasida kelisha olmayapti


Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti va Xalqaro aksildoping agentligi (WADA) rossiyalik sportchilarni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi masalasida kelisha olmayapti. Qo‘mita rossiyalik yuz nafardan ko‘proq sportchining olimpiadadagi ishtirokini taqiqladi, ammo WADA rossiyalik sportchilarni o‘yinlardan butunlay chetlatishga chaqirmoqda.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax WADAni Rossiya sportchilari tomonidan doping qo‘llanilishi ko‘lami haqidagi hisobotni o‘ta kech e’lon qilganlikda aybladi. Prezident buning oqibatida qo‘mitada chora ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita har bir sport federatsiyasini Rossiya sportchilarining Olimpiadadagi ishtiroki to‘g‘risida mustaqil qaror chiqarishga chorlagan edi. Olimpiya qo‘mitasi federatsiyalar hisobotlarini hozirda ko‘rib chiqmoqda. O‘yinlar boshlanishiga esa sanoqli kun qoldi.

Rio-de-Janeyroda 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Olimpiada yig‘inida chiqish qilgan Bax “Bu qaror adolat bilan bog‘liqdir. Adolat siyosatdan alohida bo‘lishi kerak”, dedi.

“Biz kerakli qarorlarni chiqarishga majbur bo‘ldik. Iddaolar jiddiy bo‘lgani sabab, rossiyalik atletlar aybsiz, deya taxmin qila olmaymiz. Ikkinchidan, sportchiga o‘zining begunohligini isbotlash uchun imkon bermasak ham bo‘lmaydi. Odamlarni – ularning aybi bo‘lmasa – hukumatlari xatosi uchun ayblab bo‘lmaydi. Hozir shu printsiplarga amal qilayapmiz”,- dedi Bax.

WADA prezidenti Kreyg Ridi barcha rossiyalik sportchilarni Olimpiadadan chetlatishga chaqirib keladi. Ridi aksildoping agentligi mustaqil komissiya hujjatlashtirgan doping qo‘llash holatlari to‘g‘risidagi hisobotni Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga taqdim etishga majbur bo‘lganini aytdi. Rossiyadagi doping ko‘lami haqida ilk bor yil boshida matbuot nashrlarida xabar qilingan edi.

“Bu o‘yinlar oldidan beqarorlikka olib kelsa ham, [hisobot] fosh qilgan hollarning jiddiyligi tufayli uni chop etish va tezkorlik bilan chora ko‘rishimiz shart edi”, - dedi Ridi.

Ridi dopingni aniqlash bo‘yicha Moskva va Sochi laboratoriyalarining direktori Grigoriy Rodchenkov iddaolari 8 may kuni CBS telekanalining 60 Minutes ko‘rsatuvida, 12 may kuni esa The New York Times gazetasida yoritilganidan keyin Rossiya hukumatining aralashuvini ko‘rsatuvchi aniq dalillar WADA qo‘liga tushganini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG