Линклар

“Manga qolsa, hammangning kallangni sapchaday uzib tashlayman!”

Viloyat darajasidagi amaldorning shu va boshqa haqorat va tahdidlari audioyozuvi Ozodlikka norasmiy manbadan kelib tushdi.

Mazmunidan Farg‘ona viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan yozib olingani yaqqol tushuniladigan audioyozuvda yig‘ilishni olib borayotgan amaldor nutqining 5 minut, 48 sekundli qismi aks etgan.

Mazkur audiohujjat O‘zbekistonda davlat boshqaruvi haqorat va tahdidga asoslanganiga yana bir dalildir.

Kimning ovozi?

Audioyozuvni jo‘natgan manba yig‘ilishning qachon bo‘lib o‘tganini, nutq egasi kim ekanligini xabar qilmadi, lekin Ozodlik o‘tkazgan surishtiruvdan Farg‘onadagi sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini haqoratlayotgan amaldor viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev ekanligi ehtimoli kattaligi ma’lum bo‘ldi.

Ozodlik audioyozuvni farg‘onalik bir mustaqil manbaga eshittirib ko‘rdi va u “ovoz Shuhrat G‘anievnikiga o‘xshaydi”, dedi.

Farg‘ona viloyat “Dori-darmon” aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati vakili o‘tgan oyda viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgani, yig‘ilishni Shuhrat G‘aniev olib borganini aytdi.

sharh.uz sayti 20 iyul kuni mana bu xabarni berganini aniqladik:

“Farg‘onada viloyat hokimi Sh. G‘aniev raisligida dorixonalar, ulgurji dorixonalar, sog‘liqni saqlash, soliq, dori darmon aksiyadorlik jamiyati, xususiy klinika xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi”.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev

​Shunday qilib, Ozodlikka kelib tushgan audioyozuvdagi ovoz viloyat hokimi Shuhrat G‘anievniki ekanligi ehtimoli katta.

Audioyozuvda viloyatdagi sog‘liqni saqlash va dori ta’minoti muassasalarida shakllangan ayanchli ahvol aks etganki, masalaning bu jihati alohida o‘rganiladigan mavzu.

Quyiroqda 5 minut, 48 sekundli audioyozuvni to‘laligicha eshitishingiz mumkin. Lekin avval e’tiboringizni viloyat hokimi, deb tushunilayotgan amaldor nutqining xarakterli jihatlariga qaratmoqchimiz. Buning uchun nutqdan mazmunan bir xil bo‘lgan parchalarni kesib, bir-biriga ulab chiqdik.

Sensirash

Amaldor yig‘ilish ahlini yoppasiga va har bir kishini sensiraydi:

Haqorat

Amaldor yig‘ilish ahlini yoppasiga va har bir kishini haqoratlaydi:

Tahdid

Amaldor yig‘ilish ahliga yoppasiga va har bir kishiga tahdid qiladi:

Haqorat va tahdid

Amaldor yig‘ilish ahliga yoppasiga va har bir kishiga haqorat aralash tahdid qiladi:

Haqorat va tahdid keng xalq ommasiga!

Yig‘ilishni olib borgan amaldor sog‘lom turmush tarzini xalqqa haqorat orqali targ‘ib qilishga ko‘rsatma berdi:

Muhim eslatma: Yuqorida tinglaganingiz parchalar quyida tinglaydiganingiz 5 minut, 48 sekundli audioyozuvdan mazmuniga qarab kesib olingan va bir-biriga ulangan.

Mana endi audioyozuvni to‘laligicha eshiting:

Qiyoslang

Eshitganlaringizni sharh.uz saytining 20 iyul kungi xabaridan olingan mana bu parchaga qiyoslab ko‘ring:

“Yig‘ilishda dorilar narxi asossiz ravishda oshirilib sotilayotgani haqidagi video tasvir ko‘rsatilgan. Dorixonalarda chet el dorilariga me’yordagi 20% o‘rniga 50-60% narx qo‘yib sotilgan hamda kassa cheki berilmagani keltirilgan. Tekshiruvda soliq, SES, is’temolchilar huquqini himoya qilish jamiyati xodimlari ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib viloyatdagi 527 xususiy dorixona, 29 ulgurji dorixonalarda tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilgani aytildi. Buning uchun davlat organlaridan iborat 6ta ishchi guruh ertadan tekshiruv boshlashi aytildi. Qonun buzilish holati aniqlangan aptekalar litsenziyasi bekor qilinishi ta’kidlangan”.

3 yil oldingi video

2013 yilning 1 fevralida O‘zbekistonning So‘x va Qirg‘izistonning Botken tumanlari oqsoqollari uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev ham ishtirok etgan edi.​

Mavzuga oid so‘nggi xabar

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi haqorat va tahdidga asoslanib qolgani to‘g‘risida yillardan buyon aytilib keladi.

Ozodlikning shu mavzudagi eng so‘nggi xabarida Qashqadaryo viloyat,

Nishon tumani hokimi Asror Jo‘raev 10 iyulda bo‘lib o‘tgan tuman faollari yig‘ilishida 53 yashar Muzaffar Chorshanbievni "singlingni...," deb haqorat qilgani va haqoratlangan Chorshanbiev o‘sha kuniyoq kasalxonaga tushib, yurak xurujidan o‘lgani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG