Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:53

Ali Hamroev: Kinolar qaychilanishiga qarshiman


O‘zbekistonda taniqli kinochilar suratga olgan “Yor-yor”¸ “Abdullajon”¸ “Vatan”¸ “Alpomish” kabi filmlar qaychilanib efirga uzatilmoqda. O‘zbekistonlik taniqli kino ustasi Zulfiqor Musoqov o‘zi yaratgan filmlarning qaychilangani yuzasidan izoh so‘rab O‘zbekiston teleradioshirkati raisi Alisher Xo‘jaevga murojaat qildi.

Musoqovning aytishicha “Vatan” filmidan 8 ta epizod senzura tarafidan kesib tashlangan.

O‘zbekistonda u yoki bu san’atkor “istalmagan shaxsga” aylanganidan keyin uning qiyofasi filmlardan qaychilanishi odatga kirgan.

Qo‘shiqchi Abdulaziz Karimning mamlakatdan ketgani ortidan u qatnashgan Toxir va Zuhra filmidagi epizod qaychilangan. Shuningdek “Alpomish” filmidan Obid Asomov qatnashgan sahnalar kesib tashlangan.

Obid Asomov "Amerika ovozi" muxbiri bilan suhbatda shunday degan edi:

Обид Асомов: Қизиқчини қирқиб бўлмайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00

“Oq bino oqshomlari” filmidan esa Sherali Jo‘raev qo‘shig‘i yangragan sahnalar qaychilangan.

“Oq bino oqshomlari” filmining ssenariy muallifi Nurilla Otaxonov Ozodlik bilan suhbatda tarixiy kinolarning qaychilanishi tarafdori emasligini bildirdi:

Qanaqa sahnasi qaychilangani muhim. Milliyligimizga teskari joyi (o‘zbek kinochilarining deyarli hammasiga tekkan kasal) olib tashlangan bo‘lsa, tarafdorman. Siyosiy g‘oyasi yo hur fikri uchun qaychilangan bo‘lsa, qarshiman. Shu, xolos¸ deydi yozuvchi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha taniqli kinochi Ali Hamroev tomonidan 1965 yili suratga olingan “Yor-yor” filmidagi ko‘p sahnalar¸ jumladan to‘ydagi kelin-kuyovlarning o‘pishish sahnasi olib tashlangan.

Ali Hamraev Ozodlik bilan suhbatda “Sovet ittifoqidagi senzura yana ham badbashara tarzda O‘zbekistonda yashayotganligini” ta’kidladi.

Али Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:41 0:00

XS
SM
MD
LG