Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:57

Afg‘on rasmiylari Tolibon jangarilari pozitsiyalari kuchayayotgan Qunduzga bordi


Қундуз вилоятининг Ўзбекистон ва Тожикистон чегараси яқинидаги Қалъаи Зол туманини босиб олган жангариларга қарши маҳаллий кўнгиллилар жанг қилмоқда.
Қундуз вилоятининг Ўзбекистон ва Тожикистон чегараси яқинидаги Қалъаи Зол туманини босиб олган жангариларга қарши маҳаллий кўнгиллилар жанг қилмоқда.

O‘zbekiston davlati Afg‘oniston shimolida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat taranglashgani borasida xavotir bildirgani ortidan NATOning Afg‘onistondagi kuchlari qo‘mondoni va mamlakat xavfsizlik organlari rahbarlari Qunduz viloyatiga safar qildi.

O‘tgan haftada O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi prezident Karimov raisligida mamlakat janubiy chegaralardagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi majlisida “mamlakatning janubiy sarhadlarida xavfsizlikni ta’minlash, tahdid va xavf-xatarlarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etilgan”.

Ozodlik muxbiriga ko‘ra, Afg‘oniston mudofaa vaziri Qunduz viloyati Markaziy Osiyo mamlakatlari chegarasida joylashgani bois xalqaro terrorchilar ushbu viloyatga joylashib olganini ta’kidlab o‘tgan.

Tarkibida xorijliklar, jumladan o‘zbekistonliklar bo‘lgan Tolibon jangarilari o‘tgan hafta shimoliy Qunduz viloyatining O‘zbekiston va Tojikiston chegarasi yaqinidagi Qal’ai Zol tumanini bosib oldi. Ozodlik suhbatlashgan Afg‘oniston hukumati rasmiylarining e’tirof etishicha, hozirga kelib Kunduz viloyatining aksar tumanlari to‘laligicha Tolibon nazoratiga o‘tgan.

NATOning Afg‘onistondagi kuchlari qo‘mondoni va mamlakat xavfsizlik organlari rahbarlariybyu Qunduz viloyatiga safari tafsilotlari quyidagi lavhada:

Афғонистон хавфсизлик идоралари раҳбарлари Қундузга сафар қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:15 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG