Линклар

O‘zbekistonlik Natalya Rajimetova Ozodlik bilan suhbatda 14 oydan buyon pasport ololmayotgani, shu sababli farzandini o‘qishga berolmayotgani, o‘zi hech qaerga borolmayotganini aytdi.

“2015 yilning martida, Dubayda pasportimni yo‘qotdim. Bir oy o‘tib Dubay politsiyasi menga pasportim topilmaganini tasdiqlovchi hujjat berdi. Men Birlashgan Arab Amirliklarida 2011 yildan buyon yashar edim, u yerda qonunni buzganim yo‘q. O‘zbekiston konsulxonasining vatanga qaytishga ruxsat beruvchi sertifikati va Dubayda 2011 yildan beri qonuniy yashaganim haqidagi hujjat bilan o‘tgan yili may oyida vatanimga qaytdim. O‘zbekistonda yangi pasport olish uchun barcha hujjatlarni to‘pladim, jarimani to‘ladim. Toshkentning Yashnobod tumani IIBsiga pasport olish uchun hujjatlarni topshirdim. “Kutasiz”, deyishdi”. O‘shandan buyon pasport ololmayapman. O‘shandan buyon O‘zbekiston rasmiy idoralaridan nima uchun menga, O‘zbekiston fuqarosiga, konstitutsiyaviy huquqlarimga zid o‘laroq pasport berilmayotgani haqida aniq javob olganim yo‘q. OVIRga ham xat yozdim, prezident apparatiga ham chiqdim, hech qanaqa javob yo‘q", - deydi Natalya Rajimetova.

"O‘zbekiston rasmiy idoralaridan nimaga menga, O‘zbekiston fuqarosiga, konstitutsiyaviy huquqlarimga zid o‘laroq pasport berilmayotgani haqida aniq javob olganim yo‘q".

"O‘zbekiston rasmiy idoralaridan nimaga menga, O‘zbekiston fuqarosiga, konstitutsiyaviy huquqlarimga zid o‘laroq pasport berilmayotgani haqida aniq javob olganim yo‘q".

O‘zbekistonda qonun bo‘yicha fuqaro pasporti to‘qqiz ish kunida berilishi kerak.

O‘zbekistonda yangi biometrik pasport olish jarayoni oylab cho‘zilishi xorijda yashab, ishlayotganlar uchun jabr bo‘lmoqda.

Xorijda yashovchi ko‘pchilik o‘zbekistonliklar yangi pasport va chiqish viza olish cho‘zilib ketishidan qo‘rqib, O‘zbekistonga borishdan tiyilishyapti.

Odatda O‘zbekistonning xorijdagi konsulxonalari o‘z fuqarolariga pasportini almashtirib berishi kerak va bu xalqaro amaliyotda mavjud bo‘lgan tartibdir.

Lekin, O‘zbekistonning chet mamlakatlardagi konsulxonalari eski pasportni biometrik pasportga almashtirib berishni so‘rab kelganlarga rad javobi berib, ularga O‘zbekistonga borishni tavsiya qilmoqa.

XS
SM
MD
LG