Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:27

Farg‘ona viloyatida 72 ta xususiy dorixonaga “chora ko‘rilmoqda”


Apteka
Apteka

Farg‘ona viloyatida mavjud 527 ta dorixonaning 72 tasi ustidan tekshiruv boshlandi. Bu ma’lumotni Ozodlik “Farg‘ona Dori-Darmon” aksionerlik jamiyati boshqaruvidan oldi.

20 iyulda Farg‘ona viloyati sog‘likni saqlash va farmatsevtika muassasalari rahbarlarining qo‘shma majlisiga raislik qilgan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev Farg‘ona viloyatida dori-darmonlar narxi O‘zbekistonda eng baland ekanini aytgandi.

Yana qaysi hayvonlar nima b...i egan bo‘lsa egan, natijada dori mana... Endi u chetdan sotib olavergan bilan shuncha aholi... Eng ko‘p aholi Farg‘ona viloyatida bo‘lsa. Bugun Farg‘ona viloyatida har bitta shahar-tumanda eng kamida 15-20 ta dori darmon ishlab chiqaradigan korxona bo‘lishi kerak,” deb aytgandi Shuhrat G‘aniev.

U sohaga mas’ul idoralar rahbarlarini jazolash bilan tahdid qilgandi.

Sog‘liqni saqlash rahbarlariyam necha yil ishlagan bo‘lsa, yuravergan hammasi qornini semirtirib, cho‘chqaday semirib yuravergan o‘sha sog‘liqni saqlashdagi rahbarlar ham!! Javobgarlikka tortilib ketasan besh-o‘ntang! Apteka nazoratida ishlaganing bor, boshqang bor, yana bir balo inspeksiyang bor ekan, yana bir narsalaring bor ekan!”, degandi Farg‘ona viloyati hokimi.

U sog‘liqni saqlash sohasida tekshirish boshlangani va aptekalarga litsenziya berish Sog‘liqni saqlash vazirligidan viloyat hokimiyati ixtiyoriga o‘tkazilganini bildirgandi.

“Farg‘ona Dori-Darmon” aksionerlik jamiyati boshqaruv raisining muovini Ibrohimjon Komilovning aytishicha, mazkur majlisdan ko‘p o‘tmay mavjud xususiy dorixonalarning 72tasiga chora ko‘rishga qaror qilingan.

Haqiqatan xususiy korxonalarda o‘sha kamchiliklar bo‘lgan. Narxlar baland bo‘lgan. Belgilangan tartibga amal qilmasdan sotishgan. Narx 35,8% baland chiqqan, (O‘zbekistonda) eng baland narx shu Farg‘ona viloyatida chiqqan,” dedi Ibrohimjon Komilov.

Uning aytishicha, viloyat hokimi topshirig‘i bilan hozirda viloyat bo‘ylab ijtimoiy dorixonalar tashkil etilmoqda.

Ijtimoiy dorixonaning asosiy vazifasi aholiga dorilarni sifatli va xususiy dorixonalardan ancha past narxlarda taqdim etishdan iborat bo‘ladi.

Ijtimoiy dorixona bo‘lsin, ichida fitobar bo‘lsin, tashqi ko‘rinishi zamon talabiga mos kelsin deyilyapti. Yumshoq kreslo, mebellar o‘rnatilsin deyilyapti. Kirgan odam ozgina dam olib, fitochoylardan, fitoichimliklardan iste’mol qilib, chiqib ketsin, degan topshiriq bo‘lyapti,” dedi Ibrohimjon Komilov.

Uning ma’lum qilishicha, shu yil oxirigacha Farg‘ona viloyatida 8 ta ijtimoiy apteka ochiladi.

O‘zbekiston bo‘yicha “Dori-darmon” Aksionerlik Kompaniyasi tizimidagi jamiyat dorixonalari qoshida mamlakat mustaqilligining 25 yilligi arafasida 58 ta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.

“Dori-darmon” Aksionerlik Kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda kompaniya tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy dorixonalar O‘zbekistonning 770 ta qishloq vrachlik punktlarida ish olib bormoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 130dan ziyod dori-darmon ishlab chiqarish kompaniyalari mavjud.

Biroq, ushbu kompaniyalar aholi ehtiyojini bor-yo‘g‘i uchdan birga qondira oladi xolos.

XS
SM
MD
LG