Линклар

logo-print

Yaroslavlning sobiq meri: "Yedinaya Rossiyaga tupurganiv uchun 12,5 yilga qamaldim"


Yaroslavlning sobiq meri Yevgeniy Urlashov sud hukmi o‘qilayotgan paytda. 2016, 2 avgust.

Yaroslavlning sobiq meri Yevgeniy Urlashov sud hukmi o‘qilayotgan paytda. 2016, 2 avgust.

Rossiya muxolifatining davlat idoralarida ishlagan sanoqli vakillaridan biri - Yaroslavl shahri sobiq meri Yevgeniy Urlashov korruptsiyada aybdor topilib, 12,5 yilga qamaldi. Urlashovning o‘zi ayblovlar siyosiy motivga ega ekanligini aytmoqda.

Yaroslavl shahridagi tuman sudi bir yil mer bo‘lib ishlagan Urlashovni 17 million rubl pora olishda hamda yana boshqa summani undirishda aybdor, deb topdi.

Urlashov sud davomida o‘zining begunoh ekanligini ta’kidladi. Sudyaning qaror tushunarli bo‘lgani yoki yo‘qligi haqidagi savoliga sobiq mer “Yo‘q”, deya javob berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashgan Urlashov sud davomida olqishlandi.

Urlashovni politsiya xodimlari olib ketar ekan, u “Meni Yedinaya Rossiya partiyasiga tupurganim uchun qamashdi”, deya hayqirdi.

“Barcha revolyutsionerlar qamalib chiqqan”, deya qo‘shimda qildi u.

Sud Urlashovga 60 million rubl jarima soldi hamda yordamchisi Aleksey Lopatinni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sudgacha uy qamog‘ida o‘tirgan sobiq mer o‘rinbosari Dmitriy Donskov begunoh, deb topildi.

Urlashovning advokati Kseniya Karpinskaya TASS agentliga bergan intervyusida sud qarori ustidan shikoyat qilishlarini bildirdi. Ayblovchilar ham hukm ustidan apellyatsiya arizasi kiritajaklarini aytishdi. Ular suddan Urlashovni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishni hamda unga 500 million rubl jarima solishni talab qilishgan edi.

Urlashov 2013 yil qo‘lga olingan. Siyosatchi 2012 yili shahar meri saylovida g‘olib chiqqan edi. O‘shanda davlat telekanallari niqobli shaxslar Urlashovni qo‘lga olayotgani aks etgan videolavhani efirga uzatgan edi.

Urlashov tadbirkor Mixail Proxorov yetakchilik qilgan “Fuqaroviy platforma” muxolif partiyasining a’zosi bo‘lgan. Qo‘lga olinishidan avval u Yaroslavl viloyatining gubernatori saylovida ishtirok etishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Urlashov 2011 yilning dekabrida Kremlga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tganidan keyin saylovchilarning 70 foiz ovozini to‘plab, mer lavozimiga tayinlangan edi.

XS
SM
MD
LG