Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

Qirg‘izistondan Suriyaga ketayotganlar soni keskin ozaydi


Suriyadagi markaziy osiyolik janggarilar.
Suriyadagi markaziy osiyolik janggarilar.

Bu haqda Qirg‘iziston huquq - tartibot idoralari ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, joriy yilning olti oyi mobaynida Suriyadagi janggarilar safida jang qilayotgan 20 qirg‘izistonlik o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytib kelgan. Ularning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari ochilgan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu kunlarda Suriyadagi janggarilar safida 600 qirg‘izistonlik borligi aniqlangan. Ulardan 70 nafari janglarda halok bo‘lgan. Terrorchilar safiga qo‘shilish uchun Suriyaga ketganlarning 100 nafardan ko‘prog‘i aëllardir.

-2016 yilning birinchi yarmidayoq Suriyadan Qirg‘izistonga 20 odam qaytib keldi. Ularning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksi asosida jinoyat ishi ochildi,- dedi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rasmiysi Raxat Sulaymanov.

4 avgust kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev mamlakat Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga o‘zgartish kiritishni ko‘zda tutuvchi yangi qonunni imzolagan edi.

Qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgartishga muvofiq¸ mahkama tomonidan terrorchilikda ayblangan qirg‘izistonlik bundan buën Qirg‘iziston vatandoshligi va pasportidan mahrum etiladi.

Hozircha bu modda o‘z ixtiyori bilan Qirg‘izistonga qaytib kelgan 20 odamga nisbatan qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Huquq-tartibot tuzilmalari so‘nggi yilda Qirg‘izistondan Suriyaga ketayotganlar soni ham keskin kamayib ketganini ma’lum qildi. Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi rasmiysi Raim Salimovning iddao qilishicha, bu holat aholi orasida o‘tkazilgan tushuntirish ishlari samara berayotganidan darakdir.

- Qirg‘izistonliklarning Suriyaga ko‘plab ketishi 2013 yilga to‘g‘ri keldi. 2015 yilda biz operativ profilaktik tadbirlarni juda ko‘p o‘tkazdik. Buning oqibatida so‘nggi yilda Suriyaga ketayotganlar soni keskin ozaydi, -dedi Raim Salimov.

Din masalalari bo‘yicha ekspert, adliya fanlari nomzodi Nurlan Ismailov esa Suriyaga ketayotganlar soni ozayganini uch omil bilan izohlaydi.

- Buni uch sabab bilan tushuntirsa bo‘ladi. Birinchidan, aholi orasida olib borilgan tushuntirish ishlari samara bera boshladi. Ikkinchidan, Suriyaga ketish uchun Turkiya tranzit davlat vazifasini bajargan. Keyingi paytda Turkiya Suriyaga ketayotganlarning yo‘lini to‘sish uchun jiddiy choralar ko‘rdi. Uchinchidan, Suriyadagi vaziyat. Suriyada AQSh va Rossiya hujumlari ortidan janggarilarning pozitsiyalari juda zaiflashdi, -dedi ekspert.

Qirg‘iziston kuchishlatar tuzilmalari Suriya bilan bog‘liq ma’lumotni e’lon qilayotgan bir paytda O‘sh aeroportida Suriyaga ketayotgan 20 yoshli yigit qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berildi.

O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, yigit tergov paytida akasi, opasi va yana bir qarindoshi Suriyada jihodchilar safida ekanini tan olgan. Qo‘lga olingan shaxsning Internetdagi sahifalaridan Suriyadagi jihodga undalgan 47ta audio va video chaqiriq topilgan.

O‘sh aeroportida qo‘lga olingan yigit Botken viloyati Laylak tumanida yashagan. Xavfsizlik xizmatlari uning dastlab Rossiyaga, keyin Turkiya orqali Suriyaga ketayotgani to‘g‘risida ma’lumotlarni qo‘lga kiritganidan so‘ng yigitni qo‘lga olgan.

XS
SM
MD
LG