Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:56

O‘shda Chor Rossiyasi tomonidan yuz yil oldin qirg‘in qilinganlar xotirlandi


O‘sh militsiyasi rasmiylari namoyishchilarni Rossiya konsulxonasiga yurish qilmaslikka ko‘ndirayotgan payt.
O‘sh militsiyasi rasmiylari namoyishchilarni Rossiya konsulxonasiga yurish qilmaslikka ko‘ndirayotgan payt.

O‘sh shahrida Chor Rossiyasi o‘zbek, qirg‘iz, qozoq va tojiklarni qirg‘in qilganining yuz yilligi xotirlandi. Xotira tadbiri O‘shdagi Alimbek Dodxo istirohat bog‘ida Qur’on o‘qish bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar Moskva hukumatidan 100 yil avvalgi voqealarga huquqiy baho berish talabi bilan O‘shdagi Rossiya konsulxonasiga tinchlik yurishi o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Biroq militsiya mazkur yurishni tarqatib yubordi.

O‘sh shahridagi Alimbek Dodxo istirohat bog‘ida 1916 yilda Samarqand, Xo‘jand, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi hamda Qirg‘izistonning hozirgi shimoliy viloyatlarida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari va bu isyonlarning Chor Rossiyasi tomonidan ayovsiz bostirilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan marhumlarni xotirlash tadbiri o‘tkazildi.Tarixchilarga tayanilsa, qo‘zg‘olonlarni bostirish chog‘ida kamida 500 ming kishi qirib tashlangan.

O‘shda o‘tkazilgan tadbir tashkilotchilaridan biri Abdumajit Madumarov so‘zlariga ko‘ra, O‘shdagi tadbirda nafaqat qirg‘izlar balki, o‘zbeklar va tojiklar ham ishtirok etdi.

- Bugun O‘sh zaminida O‘sh, Jalolobod, Botkenda yashagan qirg‘iz, o‘zbek, tojik millati vakillari yig‘ilib, o‘tib ketgan ota - bobolarimizga qur’on o‘qib, jamoatchilik tinglovini o‘tkazamiz degan edik. Bir yil avval prezident buyrug‘i bilan 1916 yil voqelarini yuz yilligini nishonlash bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan. Bundan tashqari Azimbek Beknazarov boshchiligida mustaqil komissiya ham tuzilgan. Barcha oliygohlarda ilmiy konferentsiyalar o‘tkazilayapti. Bugundan boshlab joy - joylarda jamotachilik tinglovlari boshlanadi va bu voqealarga huquqiy baho beramiz, deb ikki komissiya vakillari, tarixchilar va oddiy xalq vakillarini chaqirganmiz, -dedi Abdumajit Madumarov tadbirda so‘zlagan nutqida.

Tadbir ishtirokchilari yuz yil oldingi qirg‘in qurbonlari xotirasiga Qur’on tushirmoqda.
Tadbir ishtirokchilari yuz yil oldingi qirg‘in qurbonlari xotirasiga Qur’on tushirmoqda.

Unga ko‘ra, bugungi tadbirni ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun ovoz kuchaytirgichlar qo‘llashga O‘sh shahar meriyasi ruxsat bermagan.

Tadbirda ishtirok etgan 70dan ortiq kishi Qur’on o‘qib bo‘linganidan so‘ng 1916 yildagi voqealarga huquqiy baho berilishi talabi bilan O‘shdagi Rossiya elchixonasi tomon yurish qildi.

Tadbir ishtirokchilari bir necha yuz metr piyoda yurganlaridan so‘ng O‘sh shahar militsiyasi rahbariyati ularning oldiga keldi. Militsiya rahbarlari hokimiyat tomonidan tadbirni o‘tkazish va yurish qilishga ruxsat berilmaganini aytganidan so‘ng namoyishchilar tarqalib ketdi.

Rossiya elchixonasiga piyoda yurish boshlanayotgan palla.
Rossiya elchixonasiga piyoda yurish boshlanayotgan palla.

Mazkur tadbirda qatnashgan o‘lishklardan biri Ozodlik radiosiga mana bularni aytdi:

- Yuz yil oldin ham xalq birligi mustahkam bo‘lgan. O‘sha davrda qirg‘iz ham, o‘zbek ham, rus ham vatan uchun jonini berib o‘lib ketdi. O‘shalarni yodlab, o‘zimizga hulosa chiqarib, shu yerda yashayotgan mahalliy ikki xalq do‘stligini yanada mustahkamlashimiz kerak. To‘yimiz ham, janozamiz ham bir ekanini tushunishimizni, Markaziy Osiyodagi xalqlar hammamiz bir bo‘lishimizni xohlardim, -deydi o‘shlik Manzuraxon opa.

Tarixiy hujjatlarga tayanadigan bo‘lsak, 1916 yilning iyulida Samarqandda 25 ta, Sirdaryoda 20 ta, Farg‘ona vodiysida 86 ta qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Barcha isyonlar Rossiya qo‘shinlari tomonidan ayovsiz bostirilgan. Chor hukumati isyonlarni bostirish uchun 1916 yilning 17 iyulidan boshlab Turkiston o‘lkasida faqulodda harbiy holat joriy etishga majbur bo‘lgan.

Isyonchilarga qarshi 30 ming rus harbiysi pulemyot va zambaraklardan o‘q otgan. Yoz oxirlariga borib Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysidagi isyonlar bostirilgan.

1916 yilgi xalq qo‘zg‘olonini bostirish ortidan Chor Rossiyasi harbiylari qancha odamni qirib tashlagani shu kungacha aniq ma’lum emas.

Qirg‘iz va qozoq tarixchilari zamonaviy Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududidagina 500 mingdan ortiq odam o‘ldirilgani haqida gapirib keladilar.

XS
SM
MD
LG