Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:11

O‘zbekistonda MTV telekanali ishga tushdi


4 avgust kuni O‘zbekistonda "Milliy" (MTV) telekanali sinov tariqasida ishga tushirildi. Musiqiy-ko‘ngilochar yo‘nalishdagi yangi telekanal kuniga 17 soat davomida (soat ertalabki 7dan kechquringi 11gacha) ishlashi aytilayapti.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yangi telekanalda o‘zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etiladi.

Shuningdek, yangi kanalda ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar namoyishi ham rejalangan.

Joriy yil boshida “Zo‘r TV” nomi bilan boshqa bir telekanal ham ishga tushirilishi aytilgan edi.

Biroq keyinchalik “Zo‘r TV” haqida hech qanday xabar berilmadi. MTV kanali “Zo‘r TV”ning o‘rniga ochildimi yoki bu boshqa telekanalmi, hozircha bu borada biror rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q.

Shu yil mart oyida "Vodiy Sadosi YoTRK" rahbariyati "Zo‘r TV" nomli yoshlarga mo‘ljallangan yangi telekanal ochishga qaror qilgandi.

Butun O‘zbekistonni qamrab olishga qaratilgan yangi televidenie "Vodiy Sadosi YoTRK" o‘rnini egallashi aytildi.

Asosan yoshlarga mo‘ljallangan va musiqiy yo‘nalishda bo‘lgan "Vodiy Sadosi" yoshlar telekanali 2015 yil yanvarida o‘z efirini ​o‘sha payt ish boshlagan MY5 ("Mening yurtim 5") telekanaliga bo‘shatib berdi.

Keyinchalik ikkinchi to‘lqindagi "Vodiy Sadosi" o‘rnini Uzreport kanali egalladi.

MY5 telekanali sobiq NTT va TV-Markaz bazasida ochilgani iddao qilinadi.

Bu o‘zgarishlar ortidan ​yigirmadan ortiq mahalliy jurnalist va texnik xodim ishsiz qoldi.

XS
SM
MD
LG