Линклар

logo-print

Surxondaryoning Termiz tumanida qurilayotgan namunaviy uylardagi o‘g‘irliklarni fosh qilgan qorovul kaltaklab ketildi. Voqea Termiz tumanining Navro‘z mahallasi, Soliobod massivida o‘tgan oy o‘rtalarida sodir bo‘ldi. Tuman militsiyasi na qorovulning kaltaklanishi va na namunaviy uylardagi o‘g‘irliklar bo‘yicha ish ochmagan.

Ozodlikka gapirgan surxondaryolik qorovul Yusuf Choriev namunaviy uylar qurilishidagi o‘g‘irliklar yuzasidan mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot organlariga arz qilgani, lekin o‘g‘rilar jazosiz qolib, o‘zi noma’lum odamlar tarafidan kaltaklanganini aytdi:

- Bizda doim qimmat Aqua oyna-eshiklar o‘g‘irlanyapti. Prezident boboning namunaviy uylari qurilishi uchun Toshkentdan maxsus jo‘natilgan oyna-eshiklar-da bular. Bir kuni shu materiallarni o‘g‘irlayotgan odamlarni ko‘rdim va qurilish shirkatidagilarga bu haqda aytdim. Militsiyaga ham yozma xat qildik. Bir hafta o‘tib ikki odam qimmat mashinalarda kelib, “nega meni militsiyaga aytding”, deb burnimni sindirib, o‘lar xolatda kaltaklab ketdi, - deydi Yusuf ota.

Hozir qorovul kasalxonada, namunaviy uylar qurilishini boshqa odam qo‘riqlamoqda.

- Men kasalxonada yotibman, o‘rnimga boshqa qorovul ishlayapti. Hozir bilsam o‘g‘irlangan qurilish materiallari bo‘yicha ishni militsiya bosti-bosti qilibdi. Uchastkavoy ham hech narsa qilolmayapti. Ichki ishlar ishlolmayapti. Militsiya o‘g‘rilarni izidan quvmayapti. Ish ochilmagan. Uchatkavoy militsiya ham shu o‘g‘rilar bilan sherikmi, deyman-da - deb iddao qiladi Termiz tumanidagi namunali uylar qurilishi qorovuli.

Ozodlikning Surxondaryo viloyati huquq-tartibot organlaridagi manbasi namunaviy uylardagi o‘g‘irliklar bo‘yicha ham, qorovulning kaltaklanishi yuzasidan ham ish ochilmaganini tasdiqladi.

“O‘g‘irliklar sabab prezident boboning uylari namunaviy bo‘lmay qolyapti”

So‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki kreditlari evaziga sakkiz yuzdan ortiq qishloq massivi barpo etilib, u yerda namunaviy loyihalar asosida qirq mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar qurildi.

Namunali uy-joylar qurilishi uchun 2 yarim milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiyalar yo‘naltirildi.

Namunali uy-joylar qurilishi uchun 2 yarim milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiyalar yo‘naltirildi.

Namunali uy-joylar qurilishi uchun esa 2 yarim milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiyalar yo‘naltirildi.

Jarqo‘rg‘on tumanilik qorovul Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondagi namunali uylar miqyosli o‘g‘irliklarga nishon bo‘layotganini iddao qiladi:

- Bu yerda bitta bizning qurilish firmasida emas, qo‘shni mahallalarda qurilayotgan namunali uylarda ham shunday o‘g‘irliklar sodir bo‘lyapti. Qimmat-qimmat oyna, eshik, yog‘ochlar o‘g‘irlanyapti. Toshkentdan bitta namunali uy uchun nechta eshik kerak bo‘lsa shunchasini jo‘natishadi. Materaillar o‘g‘irlanaverganidan keyin uylarni sifati ham buziladi. O‘g‘irliklar sabab prezident boboni uylari namunaviy bo‘lmay qolyapti, - deya iddao qiladi surxondaryolik qorovul.

Foydalanishga topshirilgan namunali uylarning o‘ta sifatsizligidan esa Ozodlikka ko‘plab shikoyatlar bo‘lgan.

Kuzatuvchilarning aytishicha, o‘g‘irliklar o‘rnini qoplash uchun mamlakat bo‘ylab namunali uylar qurilishiga bepul ishchilar - o‘qituvchilar, shifokorlar, umuman, barcha byudjet idoralarining ishchi xizmatchilari safarbar qilinmoqda.

Qishloqliklar esa narxi 100-150 million so‘m bo‘lgan bu uylarni sotib olishga shoshmayotganliklari, bu uylarni sotib olishga ketadigan pulga o‘zlari ikkita uyni qurishlari mumkinligini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG