Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:17

Rossiyalik 271 sportchiga Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat berildi


Rossiya olimpiya qo‘mitasi direktori Aleksandr Jukov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 271 nafar rossiyalik sportchiga Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat berganini bildirdi.

Jukov bu xabarni XOQ 4 avgust kuni Rossiya hukumati moliyalashtirgan dopingga javoban qaysi rus sportchilarni Olimpiadadan chetlatish haqida qaror chiqarganidan keyin olganini aytdi.

Uch odamdan iborat komissiya XOQning “yangi ko‘rsatmalari” asosida xalqaro sport federatsiyalari avvalroq chiqargan qarorlarni bekor qildi. Natijada Vladimir Morozov hamda Nikita Lobintsev kabi sportchilar Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Rossiya Olimpiadaga 387 sportchi yubormoqchi edi. Bu degani umumiy hisobda 116 rossiyalik Olimpiadan chetlatildi. Rossiyaning deyarli barcha yengil atletikachisi chetlatilganlar safidadir.

Dunyo elkanli suzish federatsiyasi yangi ko‘rsatmalar ortidan rossiyalik sportchi Pavel Sozikinga qarshi cheklovni bekor qildi.

Xalqaro boks birlashmasi ham 11 rossiyalik bokschi Olimpiadada qatnashish huquqini olganini e’lon qildi.

Birlashma bu qarorga kelishdan avval har bir sportchi o‘rganib chiqilganini bildirdi.

Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritganlar orasida 29 suzuvchi, Rossiyaning sinxron suzish hamda polo jamoalari, erkaklar va ayollar voleybol komandalari, 8 tennischi, 11 dzyudochi, 18 mergan, golfchi Mariya Verchenova hamda kanochi Andrey Kraytorlar bor.

Rossiyalik sportchilar Rio-de-Janeyroda kuni kecha bo‘lib o‘tgan ishtirokchilarini kutib olish marosimida Rossiya trikolori bilan ishtirok etdi.

Jukov “Biz yaxshi kayfiyatdamiz. Umid qilamizki, Rossiya bayrog‘i Rio Olimpiadasi davomida yana ko‘tariladi”, dedi.

XS
SM
MD
LG