Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:01

Ussuriyskda 900 xorijlik qaydga olingan “rezina kvartira” fosh etildi 


Rossiyaning Ussuriysk shahrida 900 ga yaqin muhojirni o‘z uyiga registratsiya qaydidan o‘tkazgan ayol mahkamaga tortildi. Mahalliy politsiya rasmiylariga ko‘ra, ayol joriy yilning mart va aprel oylarida muayyan miqdordagi pul evaziga o‘z uyiga 893 muhojirni ro‘yxatga qo‘ygan.

“Ayolning yashash joyiga noqonuniy ravishda ro‘yxatga qo‘yilgan xorijliklar O‘zbekiston, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston vatandoshlari bo‘lgan”, deb ma’lum qildi Primorye o‘lkasi politsiyasi.

38 yashar ayol Rossiya Jinoyat koddeksinig 322- moddasi, 3- bandi (xorijiy vatandoshlarni qalbaki qaydga qo‘yish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Rossiya qonunchiligida ushbu modda bo‘yicha uch yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

O‘tgan yilning may oyida Rossiyada Federal migratsiya xizmatining sobiq rahbari Konstantin Romodanovskiy prezident Vladimir Putinni 2015 yilning oxiriga qadar mamlakatda “rezina kvartiralar” muammosi hal etilishiga ishontirgan edi.

Rossiya matbuotida turli shahar-qishloqlarda xorijliklarni o‘z uyiga noqonuniy qayddan o‘tkazgan Rossiya fuqarolarining mahkamaga tortilganiga oid maqolalar tez-tez chop etiladi.

Biroq usuriysklik 38 yoshli uy bekasi o‘z uyiga qariyb 900 nafar xorijiyni noqonuniy qaydga qo‘yishi bilan, Rossiyada rekord qo‘ygani aytilmoqda. Ussuriyskdagi kabi noqonuniy qaydga qo‘yilganlar orasida O‘zbekiston vatandoshlari ham kam emas.

“Rezina kvartira”dan kim manfaatdor?

Ivanova viloyati o‘zbeklar jamiati liderlaridan biri Salimjon Amirovning fikricha, “rezina kvartiralari”ni yo‘q qilishdan ayrim huquq-tartibot organlari manfaatdor emas.

- Migratsiya idorasidagi Rossiya rahbarlari qaysi uylarda “rezina kvartiralar” borligini yaxshi bilishadi. O‘zlariga yaqin kishilar “bunday rezina kvartiralari”ni tashkil etishlari mumkin. Boshqalar uchun mumkin emas. Chunki bu yerda migratsiya idorasiga yaqin kishilarni manfaati turadi. Lekin bizni Ivanovada bunday emas. Bu yerda “rezina kvartiralar” juda kam uchraydi” deydi Salimjon Amirov.

Rossiya migratsiya qonunchiligida, mamlakat hududida chet ellik fuqaro o‘zi yashayotgan uyda qaydda turishi talab etiladi. Aksar mehnat muhojirlari o‘zlari yashayotgan uyda qayddan o‘tish imkoniyatiga ega emas.

“Ko‘pchilik markaziy osiyolik mehnat muhojirlari uchun bu juda mushkul masala”- deydi hozirda Moskva viloyatida yashayotgan o‘zbekistonlik quruvchi Sobirjon.

- Xususan, O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlari o‘zlari ijarada turgan kvartira yo uyda qaydda turishlari juda qiyin. Uy egalari ijaraga berishadi, lekin registratsiya qilishdan qo‘rqishadi. Hatto uy egasiga “qaydga qo‘yganing uchun oshig‘i bilan pul to‘layman” desangiz ham ko‘nishmaydi. Ijarada turishadi, lekin registratsiyalari boshqa joyda. Muhojirlar uyga kelganda politsiya kechasi kelib hujjatlarni tekshiradi-da, idorasiga olib borib, jarima soladi. Agar ana shunday, ikki marta jarima solinsa, u shaxsning Rossiyaga kirishiga “zapret”, ya’ni taqiq qo‘yiladi. Umuman Rossiya migratsiya qonunlari, borgan sari keskinlashmoqda, qo‘pol qilib aytganda “muhojirlarni pichoqsiz so‘yishayapti”. Ko‘rinishidan migratsiya amaldorlari bunday qattiqqo‘l amallari bilan bizlarni Rossiyada chiqarib yuborishmoqchi. Lekin meni fikrimcha, bizni xalq chiqib ketmaydi”- dedi Sobirjon.

Hozirda norasmiy hisob-kitoblar bo‘yicha, Rossiyada 4 millilonga qadar o‘zbekistonlik mehnat muhojirligida kun kechirmoqda. Rossiya migratsiya idorasiga ko‘ra Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekiston vatandoshi mehnat qiladi.

XS
SM
MD
LG