Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:44

Rioda Yozgi Olimpiada tantanali ochildi


Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida jumadan shanbaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan shanba saharda Yozgi Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. To‘rt soatga cho‘zilgan tantanali marosimni Rioning "Marakana" stadionida 80 ming, televideniya orqali esa jahon bo‘ylab uch milliardga yaqin odam kuzatib borgan.

Rio Olimpiadasining ochilish marosimi stsenariysi Braziliyaning yaralish tarixi haqida bo‘ldi.

"Marakana" stadionidagi tomosha London yoki Pekin Olimpiadasiga qaraganda kamharj, lekin Braziliyaning rang barang va ko‘rkam raqslari bois esda qolarli bo‘ldi.

Rio Olimpiadasining ochilishi Braziliyaning rang barang raqslari bois esda qolarli bo‘ldi.
Rio Olimpiadasining ochilishi Braziliyaning rang barang raqslari bois esda qolarli bo‘ldi.

Olimpiada mash’alini braziliyalik futbol afsonasi Pele yoqishi kerak edi. Lekin sog‘ligi sabab u Olimpiada ochilish marosimiga kelolmadi.

Rio Olimpiadasining ochilish marosimi stsenariysi Braziliyaning yaralish tarixi haqida bo‘ldi.
Rio Olimpiadasining ochilish marosimi stsenariysi Braziliyaning yaralish tarixi haqida bo‘ldi.

Riodagi Yozgi Olimpiada tabiatni asraylik shiori ostida o‘tmoqda.

Musoboqalarda qatnashayotgan sportchilar Olimpiadaning ochilish marosimida har biri bittadan Braziliyada o‘sadigan o‘simlik urug‘ini qadadi.

Buning uchun "Marakana" stadionida urug‘ qadaydigan moslamalar o‘rnatildi.

Rio Olimpiadasi "Tabiatni asraylik" shiori ostida o‘tmoqda.
Rio Olimpiadasi "Tabiatni asraylik" shiori ostida o‘tmoqda.

Riodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 207 ta davlatdan kelgan sportchi sportning 28ta turi bo‘yicha bellashadi.

O‘zbekiston bayrog‘ini bokschi Bahodir Jalolov ko‘tardi

Olimpiadada O‘zbekistondan etmishdan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko‘p sonli sportchisi bilan qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bayrog‘ini bokschi Bahodir Jalolov ko‘tardi.

Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston terma jamoasi bayrog‘ini bokschi Bahodir Jalolov ko‘tardi.
Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston terma jamoasi bayrog‘ini bokschi Bahodir Jalolov ko‘tardi.

O‘zbekistonlik sportchilar boks, dzyudo, sport gimnastikasi, eshkak eshish, suzish bo‘yicha musoboqalarda bellashishadi.

41 yoshli o‘zbekistonlik gimnastikachi yettinchi marta Olimpiadada qatnashmoqda.

O‘zbekiston prezidenti oltin medal olgan o‘z mamlakati sportchisiga 200 ming AQSh dollarilik pul mukofoti va’da qilgan.

Doping mojarosi va rossiyalik sportchilar

Rio Olimpiadasida doping iddaolari sabab bor-yo‘g‘i 279 rossiyalik sportchi ishtirok etmoqda.

Bu Rossiya terma jamoasining uchdan ikki qismidir.

Marosimda bor-yo‘g‘i 279 rossiyalik sportchi ishtirok etdi.
Marosimda bor-yo‘g‘i 279 rossiyalik sportchi ishtirok etdi.

4 avgust kuni Rossiya hukumati moliyalashtirgan keng ko‘lamli dopingni tasdiqlovchi dalillarga qaramasdan, 271 rus sportchisiga o‘yinlarda ishtirok etishga ruxsat berildi.

Keyinroq Sport shikoyat sudiga murojaat qilgan 8 nafar rossiyalik sportchi ham Olimpiada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Marakana” stadionida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida 160 ga yaqin rus sportchisini asosan braziliyaliklardan iborat tomoshabinlar olqishlar bilan kutib oldi.

Rossiya jamoasiga voleybol chempioni, O‘zbekistonning Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Sergey Tetyuxin etakchilik qildi.

Ochilish marosimiga sanoqli soatlar qolganda yana to‘rt nafar rossiyalik sportchi – Natalya Lovtsova, Darya Ustinova, Mixail Dovganyuk hamda Anastasiya Krapivinalarga o‘yinlarda qatnashishga ruxsat berildi.

Rossiyalik yaxtachi Pavel Sozikin va velopoygachilar Sergey Chilov, Ilnur Zakarin hamda Olьga Zabelinskayalarga ham ishtirok etishga izn berildi. Ammo velopoygachilar Kirill Sveshnikov, Dmitriy Sokolov hamda Dmitriy Straxovlarning shikoyatlari rad etilib, ular Olimpiadadan chetlatildilar.

Arbitraj sudi 26 iyuldan beri 23 shikoyat ko‘rib chiqilganini, uch arz bo‘yicha hali qaror chiqarilmaganini bildirdi. Ishi bo‘yicha qaror chiqarilmagan sportchilar orasida kurashchi Viktor Lebedev hamda kanochilar Natalьya Podolьskaya hamda Aleksandr Dyachenkolar bor.

Eron bayrog‘ini ayol sportchi ko‘tarib o‘tdi

Eron ochilish marosimida mamlakat bayrog‘ini ayol kamonchi Zahra Nematiyga berib o‘ziga e’tibor qaratdi.

Ilk marotaba Eron bayrog‘ini ayol sportchi ko‘tarib o‘tdi.
Ilk marotaba Eron bayrog‘ini ayol sportchi ko‘tarib o‘tdi.

Eronda islom dinining juda qat’iy talqiniga amal qilinadi va faqat erkaklar ishtirok etadigan o‘yinlarga ayollar kiritilmaydi.

Nematiy ochilish marosimiga nogironlik aravachasida keldi. Sportchi yoshligida avtomobil halokatida falajlanib qolgan. Sportchi asosiy o‘yinlarda ham, keyingi oyda bo‘lib o‘tadigan paralimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etadi.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG