Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:08

O‘g‘irlikda gumonlanib hibsga olingan ayol Jizzax qamog‘ida osilgan holda topildi


19 yoshli Sevara Almatova hibsga olinganidan bir kun o‘tib, 4 avgust kuni Jizzax shahri Ichki ishlar boshqarmasi qamog‘i hujrasida osilgan holda topilgan. Marhumaning yaqinlari uning qamoqdagi qiynoqlar va zo‘rlashlar sabab o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishini da’vo qilmoqdalar. Bu holat yuzasidan hozir shahar prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.​

Sevara Almatovaning ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan yaqinlaridan biri uning qamoqda o‘z hayotiga qasd qilishiga guruh bo‘lib zo‘rlangani sabab bo‘lgan bo‘lishini aytdi.

Marhumaning qamoqdan yuborilgan jasadida ular ko‘kargan izlarni ko‘rishgan.

Jizzax huquq-tartibot idoralari mulozimlari esa bu iddaoni qat’iyan rad etishadi.

Ularga ko‘ra, Almatova 3 avgust kuni bozorda kiyim-bosh o‘g‘irlaganlikda gumonlanib ushlangan.

4 avgust kuni kechqurun esa u Jizzax tergov izolyatorining sakkizinchi hujrasida osilgan holda topilgan.

– Egnida bo‘lgan jinsi shim bilan kamerada o‘rnatilgan temir karavot asosiga bo‘yin qismini osib joniga qasd qilgan. Uni o‘lik deb e’lon qilishdan avval, barcha tezkor tibbiy choralar ko‘rildi. Nima uchun joniga qasd qilgani noma’lum bo‘lib qolyapti, - dedi Jizzax huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasi.

Sevara Almatova Erkin qizi turmushga chiqmagan. Yaqinlari uning ishsizlikdan bozorda tirikchilik ko‘rib kelgani va ruhiy muammosi bo‘lmaganini aytishmoqda.

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston hibsxonalarida qo‘lga olinganlardan iqrorlik ko‘rsatmalarini olish maqsadida ularni kaltaklash va zo‘rlash sistematik tus olgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan arizalarga muvofiq, ba’zi hollarda hibsga olinganlar qiynoqlardan vafot etmoqda.

O‘tgan yilning kuzida O‘zbekistonning Buxoro shahrida qamoqqa olingan tadbirkor Ilhom Ibodovning o‘ligi chiqqan edi.

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalarda qiynoqlar sistematik ekanini rad etib keladi.

XS
SM
MD
LG