Линклар

logo-print

Qirg‘izistonda xorijiy davlatlarga chiqayotganda boshqa shaxs yoki qalbaki pasportlardan foydalanayotganlar soni ko‘paydi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 2014 yildan buyon 40 minga yaqin odamga noqonuniy pasport berilgan.

Qirg‘iziston Chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bunday vatandoshlarning aksari Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyaga ketayotgan mehnat muhojirlaridir.

Mutaxasislarga ko‘ra, bunday noqonuniy harakatlarga vatandoshlarning rasmiy hujjatlarga mas’uliyatsizlik bilan yondashuvi va qalbaki pasportlarning ko‘paygani sabab bo‘lmoqda.

Qirg‘iziston chegara xizmati bayonotiga ko‘ra, qalbaki yoki birovning pasporti bilan xorijga chiqishga harakat qilgan vatandoshlar ko‘paygan.

Unda ta’kidlanishicha, bunday harakatlarda aybdor deb topilgan vatandoshlar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Tilga olingan idoraning Chegara nazorati boshqarmasi rahbari Mirlan Zarliqbek o‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, chegaradan noqonuniy pasportlar bilan o‘tmoqchi bo‘lganlarning deyarli barchasi muhojirlar bo‘layapti:

Boshqa odamning pasportini olganlar o‘zlariga o‘xshash odamlarni topishadi, ko‘pchilik o‘zlariga o‘xshab ketadigan yaqinlari hujjatlaridan foydalanadi. Bunday odamlarning aksariyati 20 yoshdan 40 yoshga bo‘lganlar. Qo‘lga olinganlarning ko‘pi bu jinoiy ish ekanini bilgan payti hayron qoladi. Jarima to‘lab, qutilib ketamiz, deb o‘ylashadi. Chegaradan shunday noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olinganda MXX, IIMga o‘tkazib beramiz,” deydi Mirlan Zarliqbek o‘g‘li.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda chegaradan noqonuniy o‘tish urinishi 140 marta ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2016 yilning ilk yarmida bunday holatlar 160 martadan ko‘proq qayd etilgan.

Biroq, chegaradan noqonuniy o‘tish bo‘yicha necha kishi javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Huquq tartibot organlari bunday faktlar tahlil qilinib, hisoblab chiqilishi uzoq vaqt olishini aytadi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining matbuot kotibi Rahat Sulaymanov qalbaki pasport bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlar bilan birga qalbaki hujjat tayyorlashga aloqador barcha shaxslar jazolanishini aytdi.

Bu ishlar bo‘yicha ma’lumotlar MXDQga kelib tushganidan keyin bizning tergov boshqarmamiz tomonidan o‘rganiladi. Keyin tegishli xulosalar chiqarilib, ish sudga o‘tkaziladi,” dedi Rahat Sulaymanov.

Moskvadagi “Aksi” jamiyati rahbari Baktiyar O‘murzakovqalbaki yoki birovlarning pasportlari nafaqat Qirg‘izistonda, balki Rossiyada ham sotilishini ma’lum qildi.

Bundan 4-5 yil avval VDNXda velosipedlar ijaraga berilar edi. O‘sha yerga borganimizda “qirg‘izlar, sizlarga pasport kerak emasmi?” deb bizning ID kartalarimizdan ko‘pini ko‘rsatishdi. U yerga velosiped ijaraga olib haydab ketib, qaytib kelmaganlar ko‘p bo‘lgan ekan. Yaqinda esa,bir qiz ishga o‘rnashishga ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘yicha yordam so‘rab keldi. UningID kartasining qalbaki nusxasi bor ekan. Buni qaerdan, qanday qilib tayyorlatganinini so‘rasam, Bishkekda TsUMning erto‘lasida tayyorlatganini aytti. IIMning Moskvadagi vakili Askat Aliev bilan bog‘langanimda ularning kabinetida bunday pasportlar ko‘p ekan. Bu yerda pasportni sakkiz ming rublga yasab berishar ekan,” deydiBaktiyar O‘murzakov .

O‘murzakov qalbaki pasportlarning ko‘payishiga faqatgina fuqarolarni ayiblash noto‘g‘ri ekanini aytadi.

Hozir pasportni xohlagan olib, xohlagan odam sotadigan bo‘lib qoldi. Xalq hujjatga be’etibor bo‘lib qoldi. Vatandoshlar shunga ko‘nib qolgan. Keyin bunga faqat oddiy fuqarolarni aybdor qilayapmiz. Aslida esa eng avvalo noqonuniy pasport tayyorlab berganlarni, shunga yo‘l qo‘yganlarni jazoga tortishimiz kerak,” deydi Baktiyar O‘murzakov .

Qirg‘izistonda xorij davlat fuqarolarining uchinchi davlatlarda soxta qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olinishiga bog‘liq janjallar2013 yildan beri kuzatiladi.

May oyi o‘rtalarida Turkiyaning Istanbul shahri aeroportida Saudiya Arabistoniga uchishga hozirlanayotgan 98 nafar xitoylik uyg‘ur qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olingandi.

Uyg‘urlar samolyotga chiqayotgan paytda qo‘lga olingan. Uyg‘urlar bilan birga ularga qalbaki pasportlarni sotgan to‘rt odam ham qo‘lga olingani xabar qilindi.

Uyg‘urlar har bir qalbaki pasport uchun 2500 yevro va biletlar uchun 300 yevrodan pul to‘lagan”, deb xabar berdi Nurriyet nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayangan holda.

Qirg‘iziston pasportlariga nafaqat uyg‘urlar, balki mintaqaning boshqa mamlakatlari vatandoshlari orasida ham “talab katta”ligi kuzatiladi.

Rossiyada ishga o‘rnashmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik va tojikistonlik mehnat muhojirlari ham Qirg‘iziston pasportini olayotgani haqida bir necha yillardan beri ko‘plab nashrlar xabar berib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG