Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

OzodMaktub: "Maktabga sog‘lom ketgan o‘g‘lim nogiron bo‘lib qaytdi"


"Men 2-guruh nogironi Yo‘lchiev Murodjon. O‘g‘lim Muxtorov Nurmuhammad 2016 yil yanvar oyida maktabda jismoniy tarbiya darsida nazoratsiz qolib, tan jarohati olgan edi. Maktab direktori javobgarlikdan qochib, chaqirilgan tez yordam shifokorini aldab, non tiqilib qoldi, deb aldagan", deb boshlanadi Ozodlikka Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidan kelgan maktub.

Xat muallifi bilan bog‘landik va u oilasi boshiga tushgan ko‘rgiliklarni bir chetdan aytib berdi.

Quyidagi Murodjon Yo‘lchievning aytganlarini eshitishingiz mumkin. Hozircha u yozgan xatning davomini o‘qing.

Nafas olishdan to‘xtagan bolani tuman shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. U yerda bola o‘ziga kelgach, non tiqilmaganligi, raqib o‘yinchisi uni to‘xtatish maqsadida jigar qismiga zarba berganligini aytgan.

Jismoniy tarbiya darsi vaqtida esa darsni olib boruvchi o‘qituvchi bo‘lmagan.

Sababi, 14 yanvar kuni bayram qilish uchun direktor pul berib xarajat qilib kelish uchun o‘qituvchini bozorga yuborgan. Maktab direktorining mas’uliyatsizligi tufayli jonlantirish bo‘limida 2 kun o‘g‘limning og‘zidan, orqasidan ham to‘xtovsiz qon ketdi.

Bu holatni tuman shifokorlari aniqlay olmagach, viloyatdan mutaxassis shifokorlarni chakirtirdik. Ular kelib o‘g‘limni tekshirib ko‘rishdi va tuman shifokorlari bilan birgalikda maktab direktori xohishiga ko‘ra, jigari lat eb gematoma bo‘lgan bolaga yolg‘on tashxis qo‘yib, sigmasimon ichakda yara bor deb aytishdi.

Muolaja gematomaga emas¸ ichakdagi yaraga olib borildi. O‘g‘lim ahvoli yomonlashgach, viloyatga yuborishdi. U erda ham pora evaziga yolg‘on tashxis qo‘ygan shifokorlar nazoratida nomiga davolagan bo‘lishib, tez kunda javob berib yuborishdi.

Uyda 3-4 kun turgan o‘g‘limning ahvoli jiddiy yomonlashib ketdi. Tuman bolalar shifoxonasiga olib borsam, zudlik bilan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazlashgan shifoxonasiga yuborishdi. U yerda tekshirib ko‘rib, jigariga qon to‘planganini aytib, jigar gematomasi tashxisini qo‘yishdi.

Operatsiya qilib davolashdi. Shu yerda ham aybdor mansabdor shaxslar o‘z hukmronliklarini qilishdi. Shifokorlar "hech kanday parhez va dori- darmon kerak emas" deyishdi. Chunki bolaning jarohati yengil bo‘lishi kerak edi.

O‘g‘lim 6 oyga D nazoratiga olindi. Qo‘yilgan muddat o‘tib ketdi, lekin gematoma turibdi, o‘zgarish yo‘q. O‘g‘limni tekshirib ko‘rib, dori-darmon yozgan shifokorni "Nega dori yozasan?" deb siquvga olishibdi.

Men o‘zim 2-guruh nogironiman. Sog‘lom ona va sog‘lom bola yilida o‘g‘lim nogiron bo‘lib qoldi. Birinchi o‘rinda nima turadi: bola sog‘ligimi yoki mansabdor shaxslarning lavozimimi?

O‘g‘limning kelajagini ko‘rish evaziga uning dardiga sherik bo‘lib turibman. Menga yordam berishlarini so‘rab viloyat prokuraturasiga, Xalq ta’limi vazirligiga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga, O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga, Prezident nomiga yozgan maktublarim viloyatga qaytarilmoqda.

Viloyatdagilar esa mansabdor shaxslarning gapini qiladi. Mart oyidan buyon yozayotgan xatlarimni mening ishtirokimsiz aybdor shaxslar foydasiga hal qilishmoqda. Har nafasda adolat, demokratiya deb bong urishadi. Shumi adolati?! Shumi demokratiyasi?!

Maktabga sog‘lom bo‘lib borgan bola nogiron bo‘lib qaytdi. Sizdan iltimos, dardimni xalqaro radiolarda aytmoqchiman. Toki bu muammoni hamma eshitsin.

Риштонлик Муроджон Йўлчиевнинг айтганлари:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:07 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG