Линклар

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik siyosatchi, "Birdamlik" harakati asoschisi Bahodir Choriev Ozodlik bilan suhbatda Respublikachi nomzod Donald Trampni qo‘llab aksiyalar o‘tkazayotgani, demokratiyaga xavf soluvchi "buzg‘unchilar"ning AQShga kiritmaslik g‘oyasiga qo‘shilishini aytdi. 4 avgust kuni Portland shahrida o‘z tarafdorlarining namoyishida janob Tramp boshqa davlatlardan musulmonlarni Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlash g‘oyasini yana bir marta ilgari surgan edi.​

Jumladan, respublikachi nomzod Tramp o‘z chiqishida AQShning Aydaxo shtatida terrorchilikni qo‘llaganlikda ayblanib, 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonov bilan bog‘liq voqeani esladi.

- “Yubek”, bu nimaligini bilasizlarmi? O‘zbek muhojiri. Qarang, Aydahoda yashovchi o‘zbek muhojiri terrorchi tashkilotni dastaklaganlikda ayblandi. U yuz minglab muhojirlarga terrorchilikdan saboq berganlikda ayblandi va qo‘lga olindi. Bundaylar dunyoning eng xavfli joylaridan kelyapti. Qarang, o‘zbek muhojiri odamlarni terrorchilikka yollab, ularga bombani qanday yasashni o‘rgatyapti, zo‘r-a. Men bundaylarni mamlakatimizda istamayman, - dedi Tramp.

O‘zbekistonlik siyosatchi Bahodir Choriev AQShda prezidentlikka nomzod Donald Trampning bu aytganlarida jon bor, deydi:

Oq uy va boshqa respublikachilar Tramning bunday chaqiriqlarini qoralab keladi.

Vashington ma’muriyati Trampning bunday so‘zlari AQSh qadriyatlari va milliy xavfsizlik manfaatlariga zid ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG