Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Erdo‘g‘on Rossiya rahbari Putinni "do‘stim" deb atadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt Peterburg shahrida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida Putin turkiyalik hamkasbining Rossiyaga tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotning qayta o‘rnatilayotgani belgisi o‘laroq baholadi. Ayni paytda prezident Erdo‘g‘on Putinni "do‘stim" deb atar ekan Sankt Peterburgdagi muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on Sankt Peterburg shahrida rossiyalik hamkasbi bilan uchrashar ekan uni do‘stim deb atadi:

- Mening ishonchim komil, do‘stim Vladimir bilan muzokaralarda bizning ikki tomonlama munosabatlarimizda yangi sahifa ochiladi, - dedi Erdo‘g‘on.

O‘z navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyada o‘tgan oy davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganida turkiyalik hamkasbi Erdo‘g‘onga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilganini ta’kidladi.

-Men birinchilardan bo‘lib Sizga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakatda yuzaga kelgan ichki bo‘xronni bartaraf etish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlov bildirganman, - dedi Putin.

Bu Anqara va Moskva rahbarlarining o‘tgan yil rus harbiy uchog‘ining turk harbiylari tarafidan urib tushirganidan buyongi ilk uchrashuvidir.

Suriyadagi harbiy havo hujumlarida qatnashayotgan Rossiyaning Su-24 harbiy uchog‘ining urib tushirilishi ortidan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgandi.

Moskva Turkiya meva-sabzavotining Rossiyaga olib kiritilishiga taqiq joriy etdi.

Shuningdek, rossiyalik sayyohlarining Turkiyada dam olishlarini ham taqiqladi.

Sankt Peterburgdagi 9 avgust kungi muzokaralarda prezident Putin Turkiya va Rossiya aloqalari darajasini Su-24 harbiy uchog‘i urib tushirilishidan oldingi davrdagi darajaga ko‘tarish va sanktsiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish niyatini bildirgan.

Iyun oyida esa Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on rus uchog‘ining urib tushirilganidan afsusda ekanini bildirib, Moskvaga maktub jo‘natdi.

Shundan so‘ng, Putin va Erdo‘g‘on telefon muloqoti o‘tkazib, uchrashishga kelishib olishgani xabar qilingandi.

XS
SM
MD
LG