Линклар

Taniqli qo‘shiqchi, Zokirovlar sulolasining kenja vakilasi 45 yashar Nargiz Zokirova o‘zining Feysbukdagi sahifasida 10 avgust kuni quyidagi yozuvni qoldirdi va yozuviga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan tushgan suratini ilova qildi.

Nargiz Zokirovaning rus tilida qoldirgan yozuvning tarjimasi:

“Hurmatli Ramzan Ahmatovich! Biz uchun uyushtirganigiz lol qoldiruvchi mehmondorchiligingiz uchun Sizdan cheksiz minnatdorman. Men Sizning go‘zal xalqingiz, madaniyat va an’analar bilan bir umrga qarindosh bo‘lib qoldim. Sizning zaminingizda o‘zimni o‘z uyimdagiday sezdim. O‘zingiz va matonatli yordamchilaringiz tufayli shinam va gullab-yashnayotgan shahringizdagi muqaddas joylarni borib ko‘rish sharafiga loyiq ko‘rilganimdan cheksiz mag‘rurman. O‘z xalqingiz uchun amalga oshirganingiz va qilayotgan ishlaringiz uchun boshim erga tekkuncha ta’zim qilaman. Rahmat senga singlim ChEChENISTON! Sendan minnatdorman birodarim GROZNIY! Aziz odamlar, men sizni yurakdan sevib qoldim. Sizni OLLOHning O‘zi saqlasin”.

Nargiz Zokirova Ramzan Qodirov bilan (Zokirovaning Feysbukidan olindi)

Nargiz Zokirova Ramzan Qodirov bilan (Zokirovaning Feysbukidan olindi)

Mana bu esa, Nargiz Zokirova qoldirgan yozuvning rus tilidagi originali (orfografiya i punktuatsiya avtora soxraneni):

“Uvajaemiy Ramzan Axmatovich! Ya bezmerno blagodarna Vam za oshelomitelniy priyom, kotoriy Vi organizovali dlya nas Ya naveki porodnilas s Vashim prekrasnim narodom, kulturoy i traditsiyami Na vashey zemle, ya pochuvstvovala sebya kak doma Ya beskonechno gorda tem, chto udostoilas posetit svyatie mesta Vashego uyutnogo i protsvetayushchego goroda, blagodarya Vam i vashim doblestnim pomoshchnikam . Nizkiy poklon Vam, za to chto vi sdelali i delaete dlya svoego naroda Spasibo tebe sestra moya ChEChNYa! Blagodaryu tebya brat moy GROZNIY! Lyudi moi dorogie, ya polyubila vas vsem serdtsem i dushoy Da xrani vas ALLAX”

Nargiz Zokirova Chechenistonga qachon va nima maqsadda borgani noma’lum.

Mashhur Zokirovlar sulolasiga mansub qo‘shiqchi 1995 yilda Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketgan va Rossiya 1-Kanali o‘tkazgan “Golos” qo‘shiq tanlovida ikkinchi o‘rinni egallashi ortidan el og‘ziga tushgan.

XS
SM
MD
LG