Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:42

Rossiyada “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” harakati yopildi


Harakat rahbari Karomat Sharipov .
Harakat rahbari Karomat Sharipov .

Rossiya Oliy Sudi tomonidan Moskvadagi “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” harakati faoliyati to‘xtatildi. Oliy hakamlar hukmining adolatsiz ekanini ta’kidlayotgan harakat rahbari Karomat Sharipov¸ hukm ustidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga arz qilishini bildirmoqda.

Sharipov 2001 yildan buyon tojik ishchilariga huquqiy va moddiy ko‘mak berib kelayotgan harakatning “buyurtma asosida yo‘q qilinayotgani”ni iddao qildi.

Rossiya Oliy Sudi mamlakatdagi mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanib kelgan tojikistonliklarning eng yirik birlashmasi - “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” (“Tadjikskie trudoviye migranti”) tashkilotini yopish to‘g‘risida hukm chiqardi. Tashkilot faoliyati Rossiya Adliya vazirligi talabi bilan to‘xtatilgan bo‘lib, ayblovchilar Karomat Sharipov boshqarib kelgan harakat “o‘zining Umumrossiya maqomini oqlay olmaganligini” sudda ro‘kach qilgan.

Adliya vazirligi yuristlari “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” harakati Rossiya mintaqalarida 43 dan oshiq vakolatxonaga ega bo‘lishi kerak holda¸ ular sonining 38 dan oshmaganini uning faoliyatini to‘xtatish uchun asos sifatida mahkamaga taqdim etgan.

Shuningdek, Rossiya Oliy Sudi hukmida bu tashkilotning Nizomidagi kamchiliklar va bu harakat umumiy qurultoyi davomida to‘ldirilgan hujjatlardagi noaniqliklar tufayli yopilayotgani aytilgan.

Tashkilot rasmiy saytida bildirilgan e’tirozda rahbariyat “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” Rossiya mintaqalarida 46 ta bo‘linmaga ega ekanini ta’kidlagan.

Ozodlik bilan suhbatda harakat rahbari Karomat Sharipov sud hakamlarining bu qarorini “zaif va ishonchsiz” deb atadi:

- Biz xato yo‘q¸ demayapmiz. Xatolar bor¸ masalan¸ tashkilotning to‘rtta protokoli noto‘g‘ri to‘ldirilgan. Ammo bu ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni hal etuvchi deb atab bo‘lmaydi! Ular oddiy yozuvdagi texnik xatolar va millionlab insonlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotni yo‘q qilib tashlashga mutlaqo asos bo‘la olmaydi, dedi huquq faoli.

Sharipov o‘z tashkiloti faollari erkin so‘zlagani, Rossiya rasmiy idoralari hamda Moskvaning Sadovod va Lyublino bozorlaridagi jinoiy guruhlarni jiddiy tanqid ostiga olgani bois yopilayotganini iddao qildi:

- Chunki ular uzoq yillar davomida mehnat muhojirlariga ish haqini berishmasdi. Bizning talabimiz bilan muhojirlarga oxirgi 3 yilda 690 million rubl ish haqi qaytarib berildi. 690 million!!! Jami 1 milliard rubl bugunga qadar qaytarilgan pullarning umumiy miqdori. Lekin hozirgi vaziyatda Rossiya sudlarining o‘zgacha qaror chiqarishiga ham ishonchimiz yo‘q edi, chunki Rossiyadagi sudlar sotiladi. 10-20 million rublga sud hukmini sotib olish mumkin. Sudya o‘z qarorini ikkilanmasdan chiqardi, Rossiyadagi millionlab tojiklar esa himoyasiz qoldi, dedi harakat boshlig‘i Karomat Sharipov.

Harakat rahbari Oliy Sud qarori ustidan barcha mavjud instansiyalarga murojaat qilishi, Rossiyada haqiqat topmasa¸ Strasburgdagi Inson haqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishini ta’kidladi.

Rossiya Adliya vazirligi “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” o‘tkazgan oxirgi qurultoyning noqonuniy ekaniga e’tibor qaratib, tashkilotni mintaqaviy maqom ostida qayd etishni taklif qildi.

Tojikiston elchixonasi vakillari esa¸ “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” harakati umumrossiya maqomiga ega ekani sababli uning faoliyatiga aralasha olmasligini bildirdi.

Harakat 2001 yilda “Tojik-diaspora” nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan. Yillar davomida kengayib borgan tuzilma 2008 yilda “Tojikistonlik mehnat muhojirlari” umumrossiya harakati maqomini olgan va Adliya vazirligi qaydidan o‘tgan.

O‘sha yili Moskvada huquq faoli Abdullo Davlatov boshchiligida tojikistonliklarning yana bir tashkiloti - “Rossiya tojiklari ittifoqi” umumrossiya maqomida qaydga olingan edi. Biroq “Rossiya tojiklari ittifoqi” faoliyati ham 2013 yilda Adliya vazirligi so‘roviga asosan to‘xtatilgan edi.

XS
SM
MD
LG