Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:15

Rossiya shimolida islomiy jangarilikda ayblanayotganlar qo‘lga olindi


Novosibirskda qo‘lga olingan 48 yashar shaxsning ismi-sharifi hozircha oshkor qilinmadi.
Novosibirskda qo‘lga olingan 48 yashar shaxsning ismi-sharifi hozircha oshkor qilinmadi.

O‘zbekistonda ekstremizmda gumonlangan shaxs Rossiyaning Novosibirsk shahri vokzalida qo‘lga olindi. Rossiya huquq tartibot organlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan bu shaxsning Toshkentga ekstraditsiya etilishi kutilmoqda.

Ayni paytda Rossiya Xafsizlik Xizmati (FSB) “Islomiy davlat” guruhiga jangari yollagan “Rahnamo ba so‘i davlati Islomi” nomli guruh tarafdorlarini qo‘lga tushirganini ma’lum qildi.

Rossiya ichki ishlar vazirligining transport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 48 yoshli O‘zbekiston vatandoshi Novosibirsk vokzalida yo‘lovchilar hujjatlarini tekshirish paytida qo‘lga tushirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan mazkur shaxs taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda ayblanmoqda. Hozircha qo‘lga olingan shaxsning ismi-sharifi ochiqlanmadi.

“Islomiy davlat tomon rahnamo” internet guruhi

Ayni paytda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ural va Sibirda “Islomiy davlat” terror guruhi tarafdorlari fosh etilganini ma’lum qildi.

FSB rasmiy sayti xabariga ko‘ra¸ “Islomiy davlat” safiga jangari yollagan “xalqaro ekstremistik internet guruhi a’zolari hibsga olingan”.

Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni Sverdlov, Tyumen va Chelyabinsk viloyatlarida ektremistik guruh a’zolari yashaydigan bir necha uyda tintuv o‘tkazilgan.

Tintuv natijasida FSB chekistlari “Rahnamo ba so‘i davlati Islomi”, (“Islomiy davlat sari yo‘llanma”) nomli xalqaro internet guruhi a’zolari ushlangani aytiladi.

Ushbu guruh, FSBga ko‘ra, terrorchilik mafkurasini targ‘ib qilish, jangarilarni “Islomiy davlat” ga safarbar etish va unga mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.

Guruh a’zolarining umumiy soni, FSB rasmiylari iddaosicha, 100 mingdan ortiq kishini tashkil etadi va ularning aksari Markaziy osiyoliklardir.

Rossiyadagi guruh rahbari va uning uch nafar a’zosiga nisbatan “terror tashkilotini tashkil etish va ushbu tashkilot faoliyatida qatnashish” aybi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Rasmiy baënotga ko‘ra¸ FSB o‘tkazgan amaliyot natijasida “terrorchilarga tegishli targ‘ibot videolari joylangan kompyuter, mobil telefonlar, ekstremistik yo‘nalishdagi kitoblar, bank kartalari va portlovchi moddalar musodora qilingan.

XS
SM
MD
LG