Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:24

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi qanchaligini bilasizmi?


Ozodlikning “Erkin mikrofon”iga murojaat qilgan buxorolik Zarif Bozorov¸ O‘zbekistondagi sud ijrochilari rasmiy hujjatlarda mamlakatdagi o‘rtacha ish haqini qariyb 1 million so‘m deb belgilaganidan hayratda ekanini aytadi. Suhbatdosh¸ rasmiylardan bu raqamning qaysi asos¸ qaysi ko‘rsatkichlarga muvofiq hisoblab chiqilganini tushuntirib berishni so‘radi.

Buxorolik Zarif Bozorov¸ muqim ishi yo‘q¸ mavsumiy ustachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘lining sud ijrochilari ta’qibidan qochib qutula olmayotganini aytadi.

Otaga ko‘ra¸ mahalliy sud ijrochilari birinchi oilasidan ajrab¸ ikkinchisi bilan bir xonalik uyda ijarada yashayotgan ishsiz o‘g‘lini birinchi oilasiga sud hukmida ko‘rsatilmagan miqdorda aliment to‘lashga majburlamoqda:

- Sud eng kam ish haqining 16 foizi miqdorida aliment to‘lash haqida qaror chiqargan. Ijrochilar¸ O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 970 ming so‘m atrofida¸ shundan to‘laysiz¸ deyapti. Birinchidan¸ qaerdan olgan bular bunaqa o‘rtacha ish haqini? Ikkinchidan¸ qaerda shunaqa maoshlik ish bor? Uchinchidan¸ sud ijrochilari sud hukmini amalga oshiradimi¸ yoki o‘zicha hukm chiqaradimi? Shu savollarimga javob beradigan topilmayapti¸ deydi Ozodlikka murojaat qilgan Zarif Bozorov.

Quyida buxorolik suhbatdosh mulohazalarini tinglashingiz mumkin.

Зариф Бозоров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:48 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG