Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:52

O‘zbekistonlik 16 yashar o‘smir o‘z go‘dagini 2300 dollarga sotganlikda ayblanmoqda


Moskva viloyatining Lyubertsi shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotayotgan va sotib olayotgan ayollar ushlandi. Politsiya 16 yashar o‘zbekistonlik "sotuvchi" ayol 150 ming rublga o‘z bolasini samaralik ayolga pullamoqchi bo‘lganini bildirdi.

Joriy yil 10 avgust kuni Lyubertsi shahri huquq-tartibot idorasi xodimlari yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotish masalasida kelishib olgan ikki ayolni hibsga oldi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasi “sotuvchi” bo‘lib chiqqan chaqaloqning onasi – 16 yashar O‘zbekiston vatandoshi ekanini xabar qildi.

- Tergov ma’lumotlariga binoan, 2016 yilning fevralida homilador bo‘lgan voyaga yetmagan ayolda tug‘ilajak bolani boshqa oilaga pullash g‘arazli niyati paydo bo‘ladi. Buning uchun u Internet tarmog‘ida tegishli e’lon qoldiradi. Bu e’longa ko‘zi tushgan 22 yoshli samaralik ayol bolani sotib olishga rozilik beradi. Tortishuvlardan keyin chaqaloq 150 ming rublga “baholanadi”, dedi Tergov qo‘mitasi vakilasi Olga Vradiy Ozodlikka.

Bola tug‘ilishi bilanoq - 10 avgust kuni - Samaradan kelgan 22 yoshli ayol kelishilgan pulni o‘zbekistonlik 16 yashar ayolga topshiradi. Shundan keyin ikkovlon kuzatuv olib borayotgan operativ xodimlar tomonidan qo‘lga tushirildi.

Chaqaloq tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga yuborildi.

Bolafurush o‘zbekistonlik ayol va rossiyalik “xaridor” jinoiy javobgarlikka tortildi: ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 127.1 moddasi 2 qismi – “Odam savdosi” asosida jinoyat ishi ochildi.

Ozodlikka hozirda ikkala ayol yashash joyini tark etmaslik tilxati asosida politsiya bo‘limidan qo‘yib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytildi.

Tergovchilar bolasini 150 ming rubl(~2300 AQSh doll.- tahr.)ga baholagan “tadbirkor” o‘zbek qizi biror nojo‘ya harakat qilayotganini anglamagan ko‘rinadi, demoqda. Aniqlanishicha, farzandini sotish to‘g‘risidagi e’lon ostida u o‘z ismi-sharifini qoldirgan.

O‘zbekistonlik bu ayol ham nabirasini pullamoqchi bo‘lganida hibs etilgan
O‘zbekistonlik bu ayol ham nabirasini pullamoqchi bo‘lganida hibs etilgan

Bolafurush muhojirlar soni kamaymayotir

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining o‘z farzandlarini sotishga urinishlari bilan bog‘liq voqealar avval ham uchragan. Ammo, deyarli barcha bolafurush muhojirlar qo‘lga tushib, jinoiy javobgarlikka tortilayotganiga qaramasdan, o‘z bolasini pullashga shoshilayotganlar soni kamaymayotir.

2016 yilning 31 martida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida olti oylik chaqalog‘ini 800 ming rublga pullamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 33 yashar Gavhar A. jinoiy javobgarlikka tortilgandi.

Rossiyaning Moskva viloyatida o‘z chaqalog‘ini sotishga uringan o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi. Rossiya matbuotining xabar qilishicha, Moskva viloyati Dolgoprudniy tumanida qo‘lga olingan ayol uch oylik chaqalog‘ini 70 ming rublga (taxminan 1130 AQSh dollari) boshqa bir o‘zbekistonlikka pullashga uringan.

Tergov xodimi 2014 yilning martida Peterburgda 22 yashar o‘zbekistonlik Sayligul Nuralieva yangi tug‘ilgan o‘g‘lini sotish paytida bu savdoga ërdam bergan 29 yashar tojikistonlik Aziza Davurova bilan birga qo‘lga olinganini estlatdi. To‘rt kunlik bolani 25 ming rublga sotmoqchi bo‘lgan muhojir ayollar pulni registratsiyadan o‘tish uchun ishlatmoqchi bo‘lganini bildirgan.

Shu yilning 27 fevralida Ozodlik radiosi o‘zbekistonlik ona-bola yangi tug‘ilgan chaqaloqni Peterburgda 80 ming rubl evaziga sotishga uringanida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Shu tariqa 50 yoshli bu ayol nikohsiz o‘g‘il tuqqan 24 yoshli qizini “sharmandalik”dan xalos qilmoqchi bo‘lganini tergovchilarga aytgan.

2015 yilning fevralida 2 kunlik chaqalog‘ini 6 ming dollarga baholagan 38 yashar o‘zbekistonlik Bahronova operativ xodimlar tomonidan ushlangan edi. U Rossiyada bola tuqqanini O‘zbekistonda qolgan eri va to‘rt nafar farzandidan yashirmoqchi va boz ustiga daromad olmoqchi ham bo‘lganini gapirib bergan.

Jumladan, yaqinda Moskva viloyatida uch oylik chaqalog‘ini 70 ming rublga (taxminan 1130 AQSh dollari) pullashga uringan o‘zbekistonlik Gulnora Hoshimova 5 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari tomonidan o‘z farzandlarini sotish holatlari Rossiyaning boshqa shahar va o‘lkalarida ham qaydga olingani to‘g‘risida Ozodlik xabar berib keladi.

XS
SM
MD
LG