Линклар

Braziliyaning Rid de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 51 kg vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov amerikalik raqibi Niko Ernandesni yengib finalga chiqdi.

12 avgust kungi jang Do‘smatovning to‘liq ustunligida o‘tdi. Hakamlar uchala raundda ham o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini qayd etishdi.

Endi o‘zbekistonlik bokschi oltin medal olish uchun 14 avgust kuni kolumbiyalik Yurberxen Martinesga qarshi ringga chiqadi.

Martines yarim finalda kubalik Yoaxnis Arxilagosni mag‘lub etdi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik yana bir bokschi Bektemir Meliqo‘ziev avstraliyalik bokschini engib, chorak finalga chiqdi.

Meliqo‘ziev chorak finalda avstraliyalik Levis Danielga qarshi ringga chiqdi.

Rio Olimpiadasining dzyudo musoboqalarida esa 100 kg vazndagi o‘zbekistonlik 35 yoshli Abdulla Tangriev bronza medali uchun jangda braziliyalik Rafael Silvaga yengildi.

Bundan avval o‘zbekistonlik dzyudochilar Diyorbek O‘rozboev va Rishod Sobirovlar o‘z terma jamoalariga bronza medallarini taminlab berishgandi.

Hozir O‘zbekiston terma jamoasi ihtiyorida ikkita bronza medali bor.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rioda oltin medal olgan o‘z mamlakati sportchisiga 200 ming AQSh dollarilik, kumush medali sovrindoriga 100 ming AQSh dollarilik, bronza medali olgan sportchiga esa 75 ming AQSh dollarilik pul mukofoti va’da qilgan.

XS
SM
MD
LG