Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:07

Rus suzuvchisi: Noma’lum shaxslar Rossiya bayrog‘ini g‘ijimlab, yerga uloqtirishdi


Sinxron suzish bo‘yicha Rossiya chempioni Aleksandra Patskevich Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarining birinchi kunida Rossiya bayrog‘ini noma’lum shaxslar g‘ijimlab, yerga uloqtirganini aytdi.

Ayrim rossiyaliklar Olimpiadada “aksil-Rossiya” ruhiyati hukm surayotganidan arz qilmoqda. O‘yinlar boshlanishidan avval Rossiya hukumati homiyligida rus sportchilarining doping iste’mol qilgani dunyo matbuotida keng yoritildi. Natijada o‘nlab rossiyalik sportchilar o‘yinlardan chetlatildi.

Bir necha o‘yin davomida tomoshabinlar rossiyalik sportchilarni masxaralab qarshi olishdi. Ayniqsa, suzish musobaqalarida bu hol ko‘p kuzatildi. Bu yo‘nalishda rus va amerika sportchilari o‘rtasidagi raqobat Sovuq urush yillarini eslatadi.

2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada ayollarning guruh musobaqasida g‘olib chiqqan Patskevich 12 avgust kuni o‘z Instagram sahifasida “1-kun haddan tashqari uzun, og‘ir va mashaqqatli bo‘ldi”, deb yozdi.

“Hamma Rossiya atletlariga bo‘lgan munosabat haqida so‘rayapti. Nega sukut saqlashimiz kerak? Ular hurmatsizlik qilyapti. O‘zingiz xulosa qiling – bugun ertalab eshigimiz ortida bayrog‘imizni yirtilgan va g‘ijimlangan holda topdik”.

Sinxron suzish bo‘yicha musoqabaqalar 14 avgust kuni boshlanadi. Londondagi o‘yinlarda Rossiya ham guruh, ham duet o‘yinlarda g‘olib chiqqan. Mamkalat mazkur sport bo‘yicha sakkizta oltin medalni qo‘lga kiritigan.

“Biz taslim bo‘lmaymiz yoki provokatsiya qurboni bo‘lmaymiz. Ko‘proq jilmayib, yanada qattiqroq kurashamiz”, deya so‘zini davom ettirdi Patskevich.

Rossiya Olimiya qo‘mitasi mamlakat bayrog‘iga ko‘rsatilgan hurmatsizlik haqida 12 avgust kuni uyushtirish qo‘mitasiga xabar qildi. Ammo Rossiya delegatsiyasi yetakchisi Igor Kazikov rasmiy arz yozilmasligini bildirdi.

“Bu narsa namoyish yoki norozilik boshlashga arzimaydi. Farrosh ayol yoki boshqa birorta bayroqni olib tashlagan bo‘lishi mumkin”, dedi Kazikov.

XS
SM
MD
LG